Ukrainaga qarşi harbiy tajovuzini 4 yildan beri davom ettirayotgan Rossiya kuçlari keçasi 97 dona Shahed tipidagi hujumkor uçuvçisiz uçoq va turli dron-imitatorlardan foydalangan holda qöşni davlatga yangi zarbalar berdi. Hujum Rostov viloyatining Orel, Millerovo, Krasnodar ölkasining Kursk, Primorsk-Axtarsk, şuningdek, Qrimning Çauda hududidan amalga oşirildi, deb xabar berdi Ukraina havo kuçlari 24 iyun, seşanba kuni Telegramʼda.

Şu bilan birga, Ukraina qöşinlari mamlakat şarqi, janubi va şimolida Rossiyaning 78 ta dronini zararsizlantirişga muvaffaq böldi. «Duşmanning uçuvçisiz uçoqlarining zarbalari oltita joyda qayd etilgan», — deya qöşimça qildi Ukraina Qurolli kuçlari.

Xarkivda tungi zarbalar natijasida kamida uç kişi, jumladan, 15 yoşli qiz tan jarohati oldi, dedi Xarkiv VHM rahbari Oleg Sinegubov. Portlaşlar şaharning Nemişlyanskiy va Saltovskiy tumanlarida qayd etilgan.

Sumi viloyatida Rossiya hujumi natijasida uç kişi — erkak, ayol va sakkiz yoşli bola halok böldi, deb yozdi viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Grigorov Telegramʼda.

Şu bilan birga, Rossiya Mudofaa vazirligi Rossiyaning markaziy mintaqalarida Ukrainaning 20 ta uçuvçisiz uçoği tutib olingani haqida xabar berdi. 14 ta dron Kursk viloyati hududida, 2 tasi Moskva viloyatida, bittadan Belgorod, Bryansk, Orel va Smolensk viloyatlari ustida yöq qilingan, deyiladi idora ma’lumotida.