Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elchixona: Pokistonda poyezd relsdan chiqib ketishi oqibatida halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q
Kecha Pokiston janubi-sharqida poyezdning relsdan chiqib ketishi oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi.
Foto: REUTERS/Yasir Rajput
Turkiyaning Anadolu axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, yana kamida 80 kishi jarohat olgan.
Pokistonning Sind provinsiyasi, Karachidan 275 kilometr uzoqlikdagi Navabshoh shahri yaqinida 10 ta vagon relsdan chiqib ketdi. Voqea joyida qutqaruv guruhlari va harbiylar ishlamoqda. Tumandagi tibbiyot muassasalarida favqulodda holat e’lon qilingan. Ushbu yo‘nalishda poyezdlar harakati to‘xtatildi.
Poyezd halokati sabablari hozircha noma’lum. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Qurbonlar soni ortishi ehtimoli bor, deyiladi Anadolu xabarida.
O‘zbekiston elchixonasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Pokistondagi temiryo‘l halokati oqibatida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar orasida mamlakat fuqarolari yo‘q. Vaziyat diplomatlar nazorati ostida.
Mavzuga oid
09:05 / 21.01.2026
Ispaniyada poyezd ustiga devor quladi: mashinist halok bo‘ldi
14:34 / 20.01.2026
Karachi porti orqali O‘zbekiston mahsulotlari tranziti oshiriladi
09:30 / 19.01.2026
Ispaniyada ikki poyezd to‘qnashuvi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi
20:57 / 03.01.2026