Tilla, fuls, oq va qora tanga. Buxoro amirligi pul tizimi tarixi
|22:36 / 08.08.202364 47312 min
Özbek xalqi xonliklar davrida turli pul tizimlaridan foydalangan. Biroq ular juda kiçik farqlarga ega bölib, bir xil metallardan zarb qilingan va bir xil nomlarga ega bölgan. Xususan, Buxoro amirligida oltin, kumuş, mis va hatto qoğoz pullardan foydalanilgan.
Özbekiston pul tizimi tarixi, şubhasiz, juda uzun mavzu. Ölkadagi deyarli barça tarixiy davlatlar öz pullarini zarb qildirgan va muomalaga kiritgan.
Özbek numizmatikasi rivojlanib borişi bilan özbek pul tizimi tarixi ham tobora köproq ma’lumotlarga, topilmalarga ega bölib bormoqda. Yangi davr, ya’ni özbek xonliklari davri pul tizimi haqidagi ma’lumotlar nisbatan ança-munça köproq. Çunonçi, ulardan biri bölgan Buxoro amirligining pul tizimi ança boy tarixga ega.
Aştarxoniylar (Joniylar) sulolasi hukmronligining sönggi yillarida Buxoro xonligi nafaqat siyosiy, balki iqtisodiy jihatdan ham tanazzulga yuz tutadi. Mahalliy beklar xondan deyarli töliq mustaqillikka erişadi va hatto tangalarga öz ismini yozdira boşlaydi.
1756 yil özbeklarning manğit uruğidan bölgan Muhammad Rahimbiy Buxoroda yangi sulola hukmronligiga asos soladi va siyosiy islohotlar ötkazadi. Ammo u pul tizimiga yetarliça e’tibor qaratmaydi. Rahimbiy va uning davomçisi Doniyolbiy otaliq davrida tartibsiz pul tizimi saqlanib qoladi.
Buxoro amirligidagi pul islohoti saltanatning uçinçi hukmdori Şohmurod nomi bilan boğliq. «Amiri ma’sum» nomi bilan tanilgan bu hukmdor manğitlar orasida ilk bor özini «amir» deb ataydi va taxtga çingiziylardan soxta xon ötqaziş an’anasini töxtatadi. U amirlikning xalqaro savdosi rivojlanib borayotgani va tartibsiz pul tizimi uning yanada rivojlanişiga tösqinlik qilayotganini hisobga olib, keng miqyosli pul islohotini boşlaydi.
Amir Şohmurod tomonidan 1784-1785 yillarda joriy qilingan yangi pul birliklari oldingilaridan köp ham farq qilmagan, ya’ni uç xil turdagi pul an’anasi saqlanib qolgan. Bular, «tilla» yoxud «Aşrafiy» — oltin tanga, «tanga» — kumuş tanga, «fuls» (köplikda «fulus») — mis tanga edi.
Xalq orasida kumuş tangalar «oq pul», mis tangalar esa «qora pul» deb atalgan. Tangalar sof oltin va kumuşdan quyilgan. Muomalada eng köp kumuş tangadan foydalanilgan.
1 tilla tanga 22 kumuş tangaga, 1 kumuş tanga 44-64 mis tangaga teng bölgan. Mis tanganing kumuş tangaga nisbati tez-tez özgarib turgan.
Oltin va kumuş tangalar vazni ular zarb etilgan zarbxonalarga qarab turliça bölgan. Oltin tangalar asosan 1 misqol, ya’ni 4,5-5 gramm atrofida zarb etilgan, kumuş tangalar vazni esa 2-3,25 gramm atrofida bölgan.
Buxoro amirligida oltin va kumuş tangalar har yili zarb etilgan. 1889-1892 yillarda Buxoro pul tizimi kelajagini muhokama qilişda iştirok etgan Turkiston harbiy okrugi qöşinlari qömondoni baron Aleksandr Vrevskiy öşa paytdagi (1894 yil) Rossiya moliya vaziri Sergey Vittega yozgan maktublarida Buxoroda tanga zarb qilişga doir quyidagi ma’lumotlarni keltirib ötgan:
Mavzuga oid
«Yaqin vaqtlargaça Buxoroda yiliga 8-10 million tanga zarb qilingan. Faqat sönggi yillarda bu son ösa boşladi. Amirlikning boş zakotçisi ma’lumotlariga köra, 1888 yil 27 avgustdan 1889 yil 15 avgustgaça 10 million 254 ming 896 tanga, 1889 yil 16 avgustdan 1890 yil 4 avgustga qadar esa 22 million 434 ming 820 tanga, 1892 yil 14 iyuldan 1893 yil 3 iyulgaça 16 million 948 ming 832 tanga zarb etilgan».
Biroq Vrevskiy, boş zakotçi Buxoro hukumati tanga zarb qilişdan katta daromad olişini körsatişga intilib, bu sonlarni ança köpaytirib aytganini ham qöşimça qilgan.
Tangalar turli zarbxonalar tomonidan zarb etilgan. Beklar va sarroflar umumiy qoidalarga rioya etgan holda xohlagança tanga zarb qilişi mumkin bölgan.
Manğitlar tangalarining old tomoniga eski tangalardagi kabi hukmdorning nomi, unvoni va hukmdorlik yillar yozilgan (hijriy taqvim böyiça). Birgina farq — manğitlar tangalari sulolaning vafot etgan a’zolari nomlari bilan zarb qilingan. Çunki Şohmurod özi zarb qildirgan yangi tangalarga otasi Doniyolbiy nomini tuşirgan, uning öğli amir Haydar bu an’anani davom ettirgan va bu sulolaviy odatga aylangan.
Qolaversa, manğitlar özlarining «amir ul-möminiyn», ya’ni «möminlar amiri» unvoni va payğambar avlodlariga yaqinligi haqidagi da’vosidan kelib çiqib, tangalardagi öz nomlari oldiga «sayid» qöşimçasini ham yozdirgan.
Mirzo Şams Buxoriyning yozişiça, Şohmurod yangi tangalarga otasi nomini yozdirib, öz nomini tangalarga yozişni ham, xutbaga qöşib öqişni ham taqiqlagan. U özini «sayid» deb ham atamagan. Uning öğli amir Haydar va nevarasi Nasrullo davrida amir Şohmurod nomi tangalarga «ma’sum ğozi» deya tuşirilgan.
Şohmurod tangalarining orqa tomoniga diniy belgilar örniga, tangalarning zarb qilingan vaqti va zarbxonasi yozila boşlangan. Natijada manğitlar tangalarining har ikki tomoniga ham sanalar bosilgan. Bu manğit tangalarining oldingi tangalardan farq qiluvçi asosiy jihatlardan biri edi.
Amir Haydar davridagi Buxoro tilla tangasi
Şohmuroddan keyin amir Haydar ham öz oltin tangasini zarb qildiradi va bu bilan barobar otasi nomiga oltin tanga zarb qildirişni ham davom ettiradi. Amir Haydar oltin tangalari «haydariy», Şohmurod tangalari esa «ma’sumiy» deb ataladi.
Amir Haydar davriga tegişli Buxoro kumuş tangasi
Amir Nasrullo davrida oltin tangalar zarb qiliş hajmi ortadi. Nasrullo amir Şohmurod hurmatiga oltin tangalarga uning ismini yozdirişni davom ettiradi va otasi amir Haydar nomini kumuş tangalarga tuşirtiradi. Şunday qilib, Buxoro amirligi pullariga amirlar ismini tuşirişning aniq formulasi şakllanadi: oltin tangalarga Şohmurod, kumuş tangalarga esa amir Haydar ismi yoziladi. Amir Nasrulloning ismi esa heç qaysi tangada qayd etilmaydi, çunki uning avlodlari tangalarga yuqoridagi ikki amir va öz ismlarini tuşiradi.
Buxoro tilla tangasi. 1820-1826 yillar
Buxoro tilla tangasi. 1827-1910 yillar
Rossiya bosqini va pul zarb qiliş töxtatilişi
Buxoro amirligi amir Muzaffar davrida (1860-1885) Rossiya imperiyasiga qaram böladi, ammo pul tizimidagi mustaqillikni bir qadar saqlab qoladi. Biroq amir Abdulahad davrida (1885-1910) Rossiya imperiyasi Moliya vazirligi amirlik pul tizimini boşqarişga harakat qila boşlaydi. Çor Rossiyasi mudofaa vazirligi va taşqi işlar vazirligi amirni öz tangalarini zarb etiş huquqidan mahrum etiş mumkin emas deb hisoblaydi, moliya vazirligi esa buning aksini ta’kidlaydi. Natijada Buxoro pul tizimi masalasining köp yillik muhokamasi bir neça marta boşi berk köçaga kirib qoladi.
Oxir-oqibat, 1890 yil imperator Aleksandr III «Turkiston ölkasida muomalada bölgan mahalliy kumuş tangalarni bosqiçma-bosqiç muomaladan çiqariş töğrisida»gi farmonni imzolaydi. Bunga qadar, Buxoro tangalari Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingan Turkiston hududida ham erkin muomalada işlatilar edi. Farmon ijrosi 1893 yilgaça amalga oşiriladi, Turkiston general-gubernatorligi hududiga Buxoro tangalarini olib kiriş taqiqlanadi.
Turkistonda muomaladan çiqarilgaç, Buxoro davlat ğaznasida va oddiy xalq qölida kumuş tangalar köpayadi, qolaversa amirlikka ğarbdan arzon kumuş kirib keladi. Buning ortidan esa uning qiymati pasayib ketadi. Oqibatda Buxoroda pul tizimi inqirozi boşlanadi va Rossiya hukumati amirdan uning kursini tartibga soliş uçun tanga zarb qilişni töliq töxtatişni talab qiladi. 1894 yil Turkistonga Buxoro tangalarini olib kirişga yana ruxsat berilişi evaziga, amir pul zarb qilişni töxtatadi.
1901-1902-yillarda Buxoroda kumuş tanga zarb qiliş qayta tiklanadi, ammo bu uzoq davom etmaydi. 1905 yil kumuş tanga zarb qiliş butunlay töxtatiladi. Buning örniga mis tangalar (fuls) muntazam zarb etila boşlanadi. Birinçi jahon uruşi sabab Rossiyadagi iqtisodiy holat oğirlaşişi ortidan mis tangalar kattaroq nominalda zarb qilinadi.
Amir Olimxon davrida 1/2, 1, 2, 3, 4, 5, 10, 20 tanga qiymatdagi mis pullar zarb etiladi. Bu pullar xalq orasida «qora tanga» deb atalgan. 1/2, 1, 2, 3, 5 tangalar qizil misdan işlangan va old tomoniga «fulus» deb yozilgan. Tangalarning orqa tomonida odatdagidek zarb qilingan joy va sana körsatilgan.
Amir Olimxonning 3 tangalik mis fulsi
10 tangalik fulus murakkab naqşga ega bölib, yuqoridagi nominallardan farqli ölaroq, ança keng va yupqa şaklda, jyezdan zarb qilingan. 20 tangalik fulus ham jyezdan quyilgan, biroq oldingi tomonida «fulus» yozuvi bölmagan.
20 tangalik fulus
Buning örniga unga olti qirrali yulduz va yarim oy tasviri tuşirilgan. 1920 yildan Buxoroda tanga zarb qiliş butkul töxtaydi.
Qoğoz pullar
Rossiya imperiyasi 1917 yilda qulagaç, Buxoro uning qoğoz pullaridan foydalanişni töxtatadi va öz qoğoz pullarini bosişga kirişadi. Şu tariqa, Özbekiston tarixida ilk bor qoğoz pullar zarb qilina boşlanadi.
Qoğoz pullarni qanday bosib çiqariş borasida Buxoroda qarama-qarşilik paydo böladi va mutaassib ulamolarning bosimi bilan qoğoz pul maşinada emas, qölda, muhr bosiş yöli bilan zarb qilinadigan böladi. Qoğoz pullarni bosiş uçun «qoğozxona» taşkil etiladi. Unga naqqoş, zargar, «mirzo xuşxat» (hattot) kabi 20 usta jalb qilinadi. Pul uçun sifatli qoğoz işlab çiqariş maqsadida Buxoro şahrining Dilkuşo boğida qoğoz fabrikasi oçiladi, bu fabrika 1923 yilgaça faoliyat yuritadi. Pul uçun işlab çiqarilgan qoğoz «qoğozi aqça» deb atalgan.
Buxoro qoğoz puli. 100 tanga
Buxoro qoğoz pullari 50, 100, 200, 500, 1000, 5000, 10 000, 20 000 tanga nominallarida bosilgan. Ular uçun muhrlar ham qölda tayyorlangan.
Buxoro qoğoz puli. 10 000 tanga
Pullarga uning nominali sonlar bilan yoki harflar bilan arab yozuvida yoki rus tilida yozilgan, ba’zida esa har ikki tilda ham yozilgan. Arab yozuvida pulga u bosilgan joy va sana tuşirilgan. Şuningdek, qoğoz pullarga qalbakilaştiriş uçun jazo haqida ogohlantiruvçi yozuv hamda seriya raqami yozila boşlangan.
Pulda şuningdek, Buxoro amirligi belgisi hisoblangan yarim oy va yulduz, hamda xazinaçining imzosi ham bölgan.
Buxoro amirligi qulaganidan keyin Buxoro xalq sovet respublikasi (BXSR) aynan şu qoğozxonada pul bosişni davom ettirgan. BXSR pullari sobiq amirlik pullaridan rubl deb atalgani, yarim oy va yulduz örniga sovetlar belgisi öroq, bolğa va jöxori dastasi tuşirilgani bilan farq qilgan.
BXSRning qoğoz puli. 2500 rubl
BXSR 1923 yilgaça qoğoz pullar zarb qildirgan. 1924 yil BXSR tugatilişi arafasida Buxoro qoğoz pullarini bosib çiqariş ham töxtatilgan. Şu bilan Buxoro amirligi pul tizimi tarixi ham yakun topgan.
Amir Abdulahad davridagi Buxoro kumuş tangasi
Buxoro amirligi tangalari va qoğoz pullari ança köp miqdorda saqlanib qolgan. Ular Buxoro davlat muzeyi, Ermitaj muzeyi va ba’zi xususiy kolleksiyalarga mavjud. Bu pullar öşa davr tarixi va siyosatini örganiş uçun muhim artefakt hisoblanadi. Qolaversa, davlat ramzlariga ega bölgan uşbu nominallar Özbekiston davlatçilik va pul tizimi tarixining muhim qismidir.