15 mingga yaqin qadimiy oltin va kumuş tangalardan iborat kolleksiya Numismatica Ars Classica (NAC) kimoşdi savdosiga qöyildi. Lot 100 mln dollarga baholanmoqda, deb yozadi Financial Times.
Tangalar ismi oşkor etilmagan yevropalik erkakka tegişli bölib, u ularni 1930 yillardan töplay boşlagan. Ikkinçi jahon uruşi davrida kolleksioner tangalarni öz boğiga kömib qöygan. Xazina 50 yildan ziyod yer ostida turgan.

Erkak tangalarning aksariyatini sigaret qutilariga joylaştirib, söng ularni alyuminiy qutilarga berkitgan. Kolleksioner xazinaning qayerdaligini faqat xotiniga aytgan, natsistlar Yevropaga bostirib kelganidan keyin erkak insultdan vafot etgan.
Uning rafiqasi 1990 yillarning örtalariga kelib tangalarni qazib olişga ahd qilgan. Keyinçalik u xazinani röyxatga oliş va baholaş uçun NAC taşkilotiga murojaat qildi. Auksion uyi rahbari Arturo Russoning aytişiça, töplamni kataloglarga kiritiş jarayoni bir yildan ortiq vaqtni olgan.
Töplamda Britaniya soverenlaridan tortib Muqaddas Rim imperiyasining 1,4 million dollar qiymatidagi 100 dukatlik oltin tangasigaça bölgan eksponatlar mavjud. Ularning orasida bir donasi 1000 funt sterlingdan sal arzonroq sotilişi mumkin bölgan tangalar ham bor.
Töplamning umumiy narxi bu kabi lotlar tarixidagi eng yuqori körsatkiçga yetdi. NAC ularni tört yil mobaynida bosqiçma-bosqiç 15 ta kimoşdi savdosiga qöyişni rejalaştirmoqda. Birinçi savdo 20 may kuni ötkaziladi.











