Sport | 22:42 / 10.08.2023
26343
3 daqiqa o‘qiladi

Superliga. «Paxtakor» «Navbahor»ni mag‘lub etib peshqadamlikni tortib oldi

Superliga 16-turi doirasidagi dastlabki ikki uchrashuv yakuniga yetdi.

Nafaqat turning, balki mavsumning eng muhim o‘yinlaridan biri Namanganda «Navbahor» va «Paxtakor» o‘rtasida o‘tdi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida mehmonlar Cheran va Hamraliyevning goli evaziga tanaffusga ikkita to‘p farqi bilan chiqib ketishdi. 

Ikkinchi bo‘limda Toba Tabatadze jamoasidagi debyut golini kiritgan bo‘lsa-da, bu mezbonlarni mag‘lubiyatdan qutqarib qolish uchun kamlik qildi – 1:2.

Qarshida esa «Nasaf» Alibek Davronovning yagona goli evaziga «Buxoro»dan ustun keldi – 1:0.

Shu tariqa, «Paxtakor» 34 ochko bilan «Navbahor»ni (33 ochko) ortda qoldirib, peshqadamga aylandi. «Nasaf» 28 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda.

Superliga. 16-tur
«Navbahor» – «Paxtakor» - 1:2

Hakam: Akobirxo‘ja Shukurullayev
Gollar: Toma Tabatadze 68 – Dragan Cheran 30, Muhammadqodir Hamraliyev 44.
«Navbahor»: 1.O‘tkir Yusupov, 5.Milosh Milovich, 6.Ibrohim Yo‘ldoshev, 7.Oston O‘runov (19.Doniyor Abdumannopov, 21), 8.Jasur Yaxshiboyev (77.Asadbek Sobirjonov, 57), 10.Jamshid Iskanderov (21.Temirxo‘ja Abduxoliqov, 46), 14.Jamshid Boltaboyev, 22.Igor Golban, 23.Yovan Jokich, 27.Shahboz Jo‘rabekov (13.Filip Ivanovich, 46), 91.Toma Tabatadze. 
«Paxtakor»: 35.Sanjar Quvvatov, 3.Hojiakbar Alijonov, 5.Muhammadqodir Hamraliyev, 7.Odil Hamrobekov, 8.Aziz Turg‘unboyev, 10.Dragan Cheran, 17.Dostonbek Hamdamov, 19.Pshemislav Banashak (11.Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 73), 28.Diyor Xolmatov, 30.Metyu Stinvorden (88.Shahzod Azmiddinov, 46), 77.Dilshod Saitov (34.Farrux Sayfiyev, 46). 

«Nasaf» – «Buxoro» - 1:0
Hakam: Farrux Yansupov

Gol: Alibek Davronov, 75.
«Nasaf»: 1.Umidjon Ergashev, 2.Alibek Davronov, 5.G‘olib G‘aybullayev (28. Shuhrat Muhammadiyev, 50) 7.Akmal Mozgovoy, 8. Zafarmurod Abdirahmatov, 10. Andres Eliseo Chaves 17.Suhrob Nurulloyev, 18.Bahrom Abdurahimov, 77.Oybek Bozorov, 92.Umarbek Eshmurodov, 99. Azizbek Amonov (19. Lima Kruz, 50).
«Buxoro»: 20. Sardor Qobuljonov, 2.Izzatillo Po‘latov, 5.Dilshod Jo‘rayev (8.Asliddin Tursunpo‘latov, 64), 7.Muhammadjon Rahimov, 11.Shohruz Norxonov, 15.Diyorbek Ortiqboyev, 17.Jamoliddin Ubaydullayev (9. Jasur Xolto‘rayev, 25), 70.Aleksandar Stanisavlevich (88. Vsevolod Nixayev, 64), 80.Farrux Ibrohimov, 94.Frank Ikich, 99.Javohir Ro‘ziyev.

Усмон Ибодов
Tayyorlagan Усмон Ибодов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid