Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada mehnat migrantlarining tilidagi reklamalar taqiqlanishi mumkin
Deputatlar Rossiya banklari tomonidan qirg‘iz, o‘zbek va tojik tillarida xizmat taklif qilish holatlari ko‘payib borayotganidan norozi.
Rossiya Liberal-demokratik partiyasi (RLDP) qonunchilikka mehnat migrantlari tilidagi reklamalarni taqiqlash to‘g‘risidagi o‘zgarishlarni kiritishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Deputatlar Rossiya banklari tomonidan qirg‘iz, o‘zbek va tojik tillarida xizmat taklif qilish holatlari ko‘payib borayotganidan norozi.
RLDP fraksiyasi rahbari o‘rinbosari Aleksey Didenko so‘zlariga ko‘ra, banklar «katta pul oqimlaridan uzoqlasha olmayapti» va «migrantlarni ijtimoiylashuvi va rus tilini o‘rganishi uchun zarur bo‘lgan eng muhim motivatsiyalardan mahrum qilmoqda».
«[Agar xizmatlar milliy tillarda taklif etilsa], ularning rus tilini o‘rganishiga hojat qolmaydi-ku? Shartli qurilish maydonchasidagi hamkasblar bilan ona tilida gaplashish mumkin. Do‘konda «barmoqlar yordamida tushuntirsa bo‘ladi». Agar sotuvchilar qayerdan kelib chiqqani hisobga olinsa, hatto ona tilida gaplashsa bo‘ladi. Migrantlarning ko‘pchiligi yashaydigan milliy anklavlarda rus tili kerak ham emas», dedi Didenko.
Partiya yangi tuzatishlar bilan moliya institutlarini «qaysi davlatda va kim uchun ishlayotganini» «yaxshilab eslatib qo‘ymoqchi».
Mavzuga oid
09:01 / 13.05.2026
AQSh bilan mehnat migratsiyasi bo‘yicha yangi kelishuvlarga erishildi
18:17 / 20.04.2026
Germaniyaga 40 ming hamshira: O‘zbekiston yangi mehnat bozorlarini ochadi
09:41 / 06.04.2026
Xorvatiya o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun eshiklarni ochishi mumkin
08:25 / 06.02.2026