Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ikkilamchi ko‘chmas mulk uchun o‘rtacha narxlar yillik nisbatda qariyb 31 foizga oshdi
Iyul oyida Toshkent shahridagi 1 kv m uchun ijara haqining yuqori qiymati Mirobod (11,7 dollar), Yakkasaroy(10,7 dollar) va Shayxontohur (10,5 dollar) tumanlarida qayd etilgan.
Foto: Kun.uz
Joriy yilning iyul oyida ko‘chmas mulk oldi-sotdi bitimlari soni deyarli 25 mingni tashkil etdi, bu bir oy oldingiga nisbatan 5,5 foizga ko‘p. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi sharhida keltirib o‘tilgan.
Eng katta o‘sish Andijon – 19,5 foiz, Sirdaryo – 16,8 foiz va Jizzax – 16,5 foiz viloyatlarida qayd etildi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan uy-joy savdosi 22,7 foizga oshgan.

Toshkentdagi uy-joy ijarasi narxlarining pasayishi sekinlashgan. Iyun oyida ijara narxlari 2,4 foizga pasaygan bo‘lsa, iyulda bu ko‘rsatkich 0,7 foizni tashkil etgan.
1 kv m uchun uy-joy ijarasining eng yuqori narxlari Mirobod (11,7 dollar), Yakkasaroy (10,7 dollar) va Shayxontohur tumanlarida (10,5 dollar), eng past narxlari esa Bektemir (5,6 dollar), Sergeli (6,4 dollar) va Uchtepa (7,1 dollar) tumanlarida kuzatilgan.
Shu bilan birga, o‘tgan yilga nisbatan Toshkentda o‘rtacha ijara narxi 7,7 foizga oshgan.
Ikkilamchi ko‘chmas mulk bozori
Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2023 yil iyul oyida ikkilamchi bozorda uy-joylarning 1 kv m uchun o‘rtacha narxi 1,8 foizga qimmatlashgan. Bu ko‘rsatkich yanvarda – 0,9 foizni, fevralda – 4,5 foizni, martda – 0,2 foizni, aprelda – 1,7 foizni, mayda – 2,5 foizni, iyunda – 0,8 foizni tashkil etgan. Yillik nisbatda esa uy-joy narxlarining oshishi 23,3 foizga yetgan.
2022 yil iyul oyidan boshlab uy-joy narxining eng katta oshishi Namangan shahrida – 35,3 foiz, Toshkent viloyatida – 32,3 foiz va Toshkent shahrida – 30,9 foiz kuzatilgan.

Mavzuga oid
15:15 / 24.12.2025
Uy-joy va yer bo‘yicha yakuniy xulosa chiqarish muddati 3 barobarga qisqarishi mumkin
09:38 / 24.12.2025
Noyabrda uy-joy savdosi oshdi, ijara narxlari ham o‘sdi
11:07 / 16.12.2025
Qishloq hududlarda uy-joy tarkibi: xususiy hovlilar mutlaq ustunlikka ega
22:01 / 15.12.2025