Özbekistonda şaharsozlik renovatsiyasiga oid qonun qabul qilindi. Endi eski uy-joylar va mahallalar örnida yangi turar joylar, yöllar va infratuzilma qurilişi mumkin. Ammo renovatsiya deganda odamlarning xayoliga birinçi navbatda boşqa savollar keladi: qaysi uylar buzilişi, mulkdorlar roziligi va kompensatsiyalar...

Kun.uz bu boradagi savollar bilan qonun loyihasi muallifi bölmiş Adliya vazirligiga murojaat qildi. Savollarimizga vazirlikning Iqtisodiy qonunçilik boşqarmasi bölim boşliği Jamşid Mirzayev javob berdi.

— Qonunda renovatsiya uçun mulkdorlarning kamida 4/5 qismi roziligi talab qilinyapti. Agar qolgan 1/5 qismi rozi bölmasa, ularning mulk huquqlari qanday himoya qilinadi va amalda qanday mexanizm işlaydi?

— “Şaharsozlik renovatsiyasi töğrisida”gi qonunda fuqarolarning uy-joyi buzilişi uçun öşa uyda yaşaydigan aholining 4/5 qismi emas, töliq hammasining roziligi kerak. 4/5 qismi degani – renovatsiya loyihasini hokimiyatlar tomonidan şakllantiriladigan röyxatga kiritiş uçun beriladigan rozilik nazarda tutilgan.

Uy-joyi buzilişi uçun har bitta fuqaro bilan alohida şartnoma imzolanadi. Ularning huquqlari kafolatlanib, mulkdorlarga belgilangan tartibda kompensatsiya berilgandan keyin uy buziladi. Norozilik holatlari bölişi mumkin, bunday holatlarda qonunda alohida mexanizm körsatilgan: sud orqali renovatsiya hududidagi uylarni buziş masalasi.

Bunda sudyalar uçun alohida mezonlar körsatib ötilgan. Uy joylaşgan hudud renovatsiya hududiga töğri kelganligi, fuqarolar yaşab turgan uy-joylarning avariya holati va hayot uçun xavflilik darajasi yuqori bölganidan kelib çiqib, sudlar tomonidan qaror qabul qilinadi va şu tartibda uylar buziladi. Bunda ham fuqaroning mulk huquqi ta’minlanib, bozor qiymatida kompensatsiya tölanadi.

— Renovatsiyaga tuşadigan faqat 2-3 qavatli uylarmi yoki 4-5 qavatlilari ham bormi? Ularning dastlabki röyxati bormi, oçiq platformaga joylanadimi?

— “Şaharsozlik renovatsiyasi töğrisida”gi qonunda alohida bob sifatida keltirilgan: şaharsozlik renovatsiyalari loyihalarining yagona portali böladi.

Bu portal taklif etilgan va amalga oşirilayotgan barça renovatsiya loyihalarini qamrab oladi. Taşabbus sifatida çiqqandan to amalga oşirilgunça bölgan hamma jarayonlar şu portal orqali raqamli, şaffof tarzda körsatib ötiladi.