Bog‘cha puli: ota-onalar to‘laydigan “badal” xarajatlarni qoplaydimi?
O‘zbekistondagi davlat bog‘chalarida bitta bola uchun qancha pul sarflanadi? Kundan kunga ehtiyoj ortib borayotgan maktabgacha ta’lim sohasidagi xarajatlarga e’tibor qaratamiz. Maktabgacha ta’lim agentligi mas’ullarining Kun.uz’ga aytishicha, bir nafar bolaning bog‘chaga kelish xarajati oyiga 500-600 ming so‘mni tashkil qiladi. Ota-onalar to‘laydigan “bog‘cha puli” xarajatlarning bir qismini qoplab, asosiy mablag‘ budjetdan yo‘naltiriladi.
Maktabgacha ta’lim agentligi matbuot kotibi Mavluda Asqarxo‘jayevaning aytishicha, 2017 yilgacha 700-800 ming bola maktabgacha ta’limga qamrab olingan bo‘lsa, bugungi kunga kelib ularning soni 2 mln 111 mingdan oshgan.
“Bu respublikadagi jami 2 mln 900 ming boladan 2 mln 111 ming nafari maktabgacha ta’lim bilan qamrab olindi degani”, — deydi u.
Bog‘cha xarajatlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, bugungi kunda Toshkent shahrida bir nafar bog‘cha bolasiga o‘rtacha bir kunlik xarajat 25 ming so‘m bo‘lib, bir oyda 500 ming-600 ming so‘mni tashkil qiladi.
“Poytaxtda bitta bola uchun ota-ona to‘laydigan badal puli – 276 ming so‘m. Ota-ona to‘lagan badaldan ko‘ra bir bolaga ketadigan xarajat 2 barobar ko‘proq. Ota-onalarning to‘lovlari bog‘cha bolalarini ovqatlantirishga sarflanadi, lekin bu ham hammasini qoplamaydi. Kuniga bitta bolaga ota-ona to‘lovi 13-14 ming so‘mni tashkil qilsa, qolgan qismi budjetdan qoplab beriladi”, — deydi maktabgacha ta’lim agentligi boshqarma boshlig‘i Zafar Husanov.
Uning ta’kidlashicha, maktabgacha ta’lim tashkilotlari budjet tashkilotlari hisoblanganligi uchun ularni saqlab turish xarajatlari ham hammasi budjet mablag‘laridan qoplanadi. Masalan, maktabgacha ta’lim tashkilotida ishlaydigan xodimlarning ish haqi xarajatlari, bino-inshootlarni saqlash, kommunal to‘lovlar kabi xarajatlar.
Ma’lum qilinishicha, 2023 yil uchun ajratilgan 11,8 trln so‘m mablag‘ning 5,2 trln so‘mi ish haqiga, 1,7 trln so‘mi esa oziq-ovqat xarajatlari uchun yo‘naltirilgan.
Mas’ullar chekka hududlardagi davlat bog‘chalariga ota-onalar to‘laydigan badal pullari boshqa hududlardan bir necha barobar past etib belgilanganini ta’kidlaydi. 73ta iqtisodiy rivojlanishi past bo‘lgan tumanlarda ota-onalarning badal to‘lovlariga 50 foizgacha imtiyoz berilgan.
“Aytaylik, o‘sha hududlarda 100 ming so‘m badal puli belgilangan bo‘lsa, 50 foizi 50 ming so‘mni tashkil qiladi. Bola uchun qilinadigan xarajat respublikaning barcha hududlarida bir xil, lekin unda ota-onalarning ulushi kamayadi va qolgan qismini qoplash uchun budjetga yuklama tushadi. Shunda bog‘cha xarajatlarining 75-80 foizi budjetdan to‘lanadi, buning uchun respublika budjetidan subsidiyalar ajratiladi”, — deydi Zafar Husanov.
Agentlik bo‘lim boshlig‘i Bahodir G‘anixo‘jayev davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini jihozlash haqida gapirarkan, bu maqsadlar uchun har yili budjetdan mablag‘lar ajratilishini ta’kidlaydi.
“2023 yilda budjetdan 123 mlrd mablag‘ ajratildi. Joylarga jihozlar, mebellar va boshqa 54 turdagi jihozlar yetkazib beriladi. 2023 yilda 325ta DMTT jihozlanadi. Bolalarni majburiy bir yillik tayyorlash bo‘yicha 370ta xona jihozlanishi rejalashtirilgan”, — deydi Nabixo‘jayev.
Qo‘shimcha qilinishicha, kam ta’minlangan oilalarning 171 mingdan ziyod farzandlari uchun ota-onalari badal pullarini to‘lamaydi. Bundan tashqari, 2ta farzandi bog‘chaga boradigan bo‘lsa, ularga yengillik sifatida 30 foizgacha imtiyoz berilgan. Bu ham 178 ming bolani tashkil qiladi.
Zafar Husanovga ko‘ra, bugungi kunda 24 mingdan ziyod nodavlat oilaviy va davlat-xususiy sheriklik asosidagi bog‘chalar bo‘lib, oilaviy nodavlat tashkilotlariga bolalarni ovqatlantirish, dori-darmon, yumshoq buyumlar va pedagoglarning oylik ish haqlari uchun davlat budjetidan subsidiya ajratiladi.
“Davlat xususiy sheriklik asosidagi bog‘chalarga esa kommunal to‘lovlar uchun kompensatsiya beriladi. Tabiiy gaz yetkazib berilmagan bog‘chalar uchun ham gaz yetkazib berilgan joylardagi kabi bitta bola uchun sarflanadigan tabiiy gaz uchun kompensatsiya ajratiladi”.
Agentlik matbuot kotibi Mavluda Asqarxo‘jayeva bugungi kunda “Aqlvoy avtobuslari” loyihasi faoliyat yuritayotgani, 73ta avtobus eng chekka ovullargacha yetib borishini aytadi.
“Maktabgacha ta’limga qamralmagan, 3-7 yoshli bolalar avtobusga qamrab olingan. U yerda ta’lim beradigan pedagoglar oliy ma’lumotli. Avtobusning o‘zida hojatxonasi, bolalarning ta’lim-tarbiyasi uchun zarur jihozlar bor. Yoz-u qish qanday fasl bo‘lmasin, avtobuslar bu yo‘nalishga moslashtirilgan. Bolalarning bir martalik ovqatlanish tizimi ham joriy qilingan”, — deydi Asqarxo‘jayeva.
Tavsiya etamiz
“Chorsu” mehmonxonasini buzish boshlandi. Bunga qancha vaqt ketadi?
O‘zbekiston | 19:03 / 18.01.2025
“Gullayotgan” avtofiribgarlik, sohadagi kuchli proteksionizm oqibati – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 09:58 / 18.01.2025
Ijtimoiy kartalarni tarqatish boshlandi. U qanaqa karta va kimlarga beriladi?
O‘zbekiston | 23:36 / 17.01.2025
Isroil HAMAS bilan kelishuv matnini e’lon qildi
Jahon | 22:06 / 17.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada kayfiyatni yaxshilashga yordam beradigan miya implantati yaratildi
Fan-texnika | 18:29
-
Bandlik vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston | 18:24
-
Ochiqlik talablarini bajarmagani uchun 2024 yilda 5 nafar mansabdor jarimaga tortildi
O‘zbekiston | 18:17
-
Apple bu yil 20 dan ortiq mahsulot chiqarishni rejalashtirmoqda
Fan-texnika | 17:40
Mavzuga oid
19:22 / 05.12.2024
2024 yil uchun tashqi qarz limiti 5 mlrd dollardan 7,3 mlrd dollarga oshirilgan
17:43 / 05.12.2024
Hukumat qonundan tashqari 10 trln so‘m xarajat qilgan. Deputatlar 9 daqiqada bu xarajatlarni qonunga kiritib berdi
20:54 / 26.11.2024
Davlat budjetining 9 oylik ijrosi. Defitsit – 36 trln so‘m
18:33 / 26.11.2024