Çilonzor tumanida Novza köçasi va Börijar kanali oraliğidan ötgan, taxminan 600 metrlik yangi qurilgan yölakçaga «brusçatka» yotqizilmoqda. Mas’ullar bundan közlangan maqsadni oçiqlaşni istamayapti. Şaharda abgor yölaklar köpaygan bir mahalda, yaroqli, qolaversa yangi yölakçani «qayta ta’mirlaş» kimga va nega kerak bölib qoldi? Kun.uz uşbu masalani örgandi.
Paydo bölganiga bir yil ham tölmagan piyodalar yölakçasi ustiga yölğişt yotqiziş boşlandi. Uni «Monument stroy» MÇJ amalga oşiryapti. Jamiyat vakilining aytişiça, ta’mirlaş işlari bitgaç, yölkaning yon-atrofiga suv favvoralari örnatiladi.
«Biz ijro etuvçi odam, uyoqdan qanaqa buyruq bölsa, şuni bajaramiz. Tender çiqqan, şahar hokimligi buyurtmaçi. Loyihani qiymatini aniq bilmayman. Bölak-bölak böladi, avval 600 metrga yotqiziladi. Keyin bu yerga çiroqlar qöyiladi. Gazonlar olib taşlanib, boşqatdan qilinadi. Hozir şuning loyihasini körib çiqyapmiz», deydi u.
U bu birinçi bosqiç hisoblanişi, kanalning narigi tomoni, ya’ni Baynalminal köçasi böylari ham avval betonlaştirlib, söng yölğişt yotqizilişini aytib ötgan.
«Agar buni buzib taşlab, keyin qaytadan beton qilganimizda, antiqqa töğri kelmasdi, bu işimizning iqtisodiy minusi deyarli yöq», – deydi iş boşqaruvçi.
Yölakçada olib borilayotgan ta’mirlaş işlari yuzasidan jurnalist Bobur Akmalov ham fikr bildirdi.
«Hozir brusçatka yotqiziladigan bölsa, yer sathidan kamida yarim metr kötariladi. Jarga yaqin, bu xavfli-ku, keyin şunça mehnat, soliqçilarning puli nima uçun, qayerga ketyapti? Seul Mun tomon bilan bitta yöl qilamiz deyişibdi, buning nima farqi bor. Ötgan yili keng kölamli işlar olib borildi. Yana nimaga kerak bu isorofgarçilik, şundoq ham şaharda abgor yölaklar köp», – deydi jurnalist.
Kun.uz Toşkent şahar hokimi matbuot kotibi Gulnoza Qosimovadan uşbu loyiha böyiça izoh söragan. Oradan ikki kun ötsa-da, matbuot kotibi qilinayotgan işlar yuzasidan izoh bermadi. Hokimlik ançadan buyon Kun.uz’ning sörovlarini javobsiz qoldirib kelmoqda.















