Özbekistonda davlat fuqarolik xizmatçilarining lavozim maoşlarini yagona prinsip asosida şakllantirişga ötiladi. Kun.uz avvalroq xabar berganidek, bu – Vazirlar Mahkamasining 8 aprel kungi qarorida belgilangan.

Qarorga binoan, davlat fuqarolik xizmatçilariga davlat budjeti, budjetdan taşqari mablağlar va davlat maqsadli jamğarmalari hisobidan qöşimça tölovlar tölaş mexanizmlari bekor qilinişi kutilmoqda.

Xöş, bu nimani anglatadi, qanday özgarişlar kutilmoqda, bu özgarişlardan maqsad nima? Kun.uz şu kabi savollar bilan Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmatiga murojaat qildi.

Vazirlikka köra, bugungi kunda amaldagi davlat hokimiyati, respublika ijro etuvçi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining mehnatiga haq tölaş tizimida quyidagi kamçiliklar mavjud:

  • xodimlarning mehnatga haq tölaş miqdorlari har xil;
  • budjetdan taşqari jamğarmalardan turli xil miqdorlarda qöşimça ustamalar va tölovlar mavjud;
  • sohadagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar eskirgan;
  • lavozim maoşining oylik iş haqi fondidagi uluşi kam;
  • mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlariga mahalliy budjetning qöşimça manbalari hisobidan turli xil miqdorlarda qöşimça ustamalar tölab kelinmoqda.

IMVga köra, davlat fuqarolik xizmati xodimlarining mehnatiga haq tölaş tizimini “tubdan takomillaştiriş” natijasida quyidagi natijalar kutilmoqda:

  • barça vazirlik va idoralar uçun yagona, şaffof va adolatli mehnatga haq tölaş tizimini joriy etiş;
  • bajaradigan funksiya va vazifalarning turi va murakkabligiga qarab, lavozim toifalarini belgilaş;
  • barça vazirlik va idoralar uçun iş haqi tizimini va ularni moliyalaştiriş manbalarini birxillaştiriş (faqat budjet mablağlari hisobidan tölanadi);
  • budjetdan taşqari mablağlar hisobidan iş haqi xarajatlarini amalga oşirişni taqiqlaş;
  • xalqaro tan olingan standartlarga mos ravişda davlat xizmatçilariga yangidan tarif koeffitsiyentlari, martaba darajasi, qöşimça ustama (KPI) va yillik bonuslar joriy etiş.

Qaror asosida, sentabr oyigaça tegişli hujjat loyihasi işlab çiqiladi.

Bunda, vazirlik va idoralarning budjetdan taşqari jamğarma hisobvaraqlarini qisqartiriş tartibi belgilanişi ham közda tutilgan.