Özbekistonda mahalliy yönalişlardagi aviaqatnovlarga Uzbekistan Airways uçun belgilangan maxsus tariflar va subsidiya miqdorlari barça rezident aviakompaniyalarga tatbiq etiladigan böldi.
7 may kuni bu haqda hukumat qarori imzolangan.
Aviareyslarni subsidiyalaş 2021 yildan boşlab yölga qöyilgan.
Unga köra, aviataşuvçilarga ijtimoiy ahamiyatga ega deb topilgan mahalliy yönalişlarda aviaçipta narxining 25 foizi miqdorida respublika budjetidan subsidiya ajratiş belgilangan.
Subsidiyalaş masalalarida vakolatga ega Maxsus komissiya taşkil etilgan.
Subsidiyalaş 2026 yil 1 yanvargaça davom etadi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev 2 may kungi yiğilişda mahalliy reyslarning 95 foizi UzAirways va Silk Avia aviakompaniyalariga töğri kelayotgani, qolgan 14 ta reysni 4 ta mahalliy aviakompaniya amalga oşirayotganini aytgandi. Içki reyslarni subsidiyalaş bilan barça rezident kompaniyalar qamrab olinişi öşa yiğilişda ma’lum qilingandi.
2025 yilgi davlat budjetida, aviataşuvçilarga mahalliy yönalişlardagi aviaqatnovlar uçun çipta narxining bir qismini qoplaş uçun subsidiyalarga 63,7 mlrd söm ajratiş közda tutilgan.
Rasmiy statistikaga köra, mahalliy aviareyslarda çiptalar oxirgi uç oyda 1,7 barobarga qimmatlaşgan.

















