O‘zbekiston | 07:34 / 15.08.2023
2104
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda avtomobil transportiga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tadi

Konferensiyada mintaqaviy bog‘liqlikni ta’minlashda avtomobil transportida yuk tashuvlar sohasidagi mavjud muammolar muhokama qilinadi.

2023 yilning 11 sentabr kuni poytaxtda «Xalqaro avtomobil transporti: barqarorlik va farovonlikni ta’minlash» mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tadi

Transport vazirligi xabariga ko‘ra, tadbir O‘zbekiston xalqaro avtomobil tashuvchilar uyushmasi hamda Xalqaro avtomobil transporti ittifoqi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Konferensiyada mintaqaviy bog‘liqlikni ta’minlashda avtomobil transportida yuk tashuvlar sohasidagi mavjud muammolar muhokama qilinadi.

Bundan tashqari, sharq-g‘arb va shimol-janub multimodal transport yo‘laklar orqali tranzit tashuvlarini rivojlantirish, tijorat transporti va bojxona tartib-qoidalarini raqamlashtirish, sohada professional haydovchilar yetishmasligi bilan bog‘liq masalalar va ularning yechimi ko‘rib chiqiladi.

Mavzuga oid