Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda qadoqlash sexi 6 mingta xonadonning bir oylik iste’moliga teng gazdan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi
Tizimga jami 824 million so‘mdan ortiq miqdorda zarar yetkazilgan.
Toshkent shahar Mirobod tumanidagi poliz mahsulotlarini qadoqlash sexida 6 mingdan ziyod xonadonning bir oylik iste’moliga teng hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelingani aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, vazirlik huzuridagi «O‘zenergoinspeksiya» tomonidan Toshkent shahar prokuraturasi va «Hududgaz Poytaxt» GTF xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda tumanning Oltinko‘l mahallasi, A.Fitrat ko‘chasida yashovchi fuqaro A.F.ga tegishli poliz mahsulotlarini qadoqlash sexida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelingani ma’lum bo‘lgan.
Iste’molchi tomonidan gazlashtirish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirmasdan gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib foydalangani natijasida dastlabki hisob-kitoblarga asosan tizimga jami 824 million 417 ming 510,4 so‘m (1 million 249 ming 117,44 kub metr) miqdorida zarar yetkazilgan.
Ushbu hajmdagi tabiiy gaz bugungi kunda 6 mingdan ziyod xonadonning bir oylik iste’molini tashkil qiladi. Aniqlangan holat yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar belgilangan tartibda huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.
Mavzuga oid
14:01 / 24.03.2026
Toshkentda YaHM o‘sishi bo‘yicha Mirobod yetakchi bo‘ldi
12:56 / 12.03.2026
Toshkentda BRT yo‘lagida avtobus va yengil avtomobil to‘qnashdi
16:49 / 26.02.2026
Toshkentda BMW rulidagi o‘smir YPX xodimini urib yubordi
08:45 / 26.02.2026