O‘zbekiston | 08:10 / 16.08.2023
5004
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Britaniya Afg‘onistondagi joriy vaziyatni muhokama qildi

O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili va Buyuk Britaniyaning Afg‘onistondagi muvaqqat ishlar vakili hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Foto: Dunyo

O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev va Buyuk Britaniyaning Afg‘onistondagi muvaqqat ishlar vakili Robert Chatterton Dikson o‘rtasida video-konferens-aloqa shaklida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida Afg‘onistondagi joriy vaziyat, shuningdek, O‘zbekiston va Buyuk Britaniyaning ushbu mamlakatga humanitar va boshqa turdagi yordamlar ko‘rsatish borasidagi sa’y-harakatlari muhokama qilindi.

Robert Chatterton Dikson O‘zbekistonning Afg‘onistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlik o‘rnatish, mamlakatda turli infratuzilma loyihalarini amalga oshirishdagi muhim o‘rnini ta’kidladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid