Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tolibon boshqaruvida o‘tgan 2 yil. Amaldagi Afg‘oniston hukumati xalqaro darajada tan olinadimi?
2021 yil 15 avgustdan Afg‘onistonda davlat boshqaruvi «Tolibon» qo‘liga o‘tdi. Oradan 2 yil o‘tgan bo‘lsa ham hech qaysi davlat yangi hukumatni rasman tan olgani yo‘q. «Geosiyosat»ning ushbu sonida qo‘shni davlatdagi vaziyat va «Tolibon»ga nisbatan xalqaro maydondagi munosabat haqida suhbatlashamiz.
Studiyamizning bugungi mehmonlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti dotsenti, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori Rustam Rashidov va Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar institutining yetakchi ilmiy hodimi , Afg‘onshunos Hamza Boltayev bo‘ladi.
«Tolibon» hokimiyatga kelganiga 2 yil to‘ldi. Shu vaqt orasida ular nimalarga erishdi yoki erisholmadi?
Rustam Rashidov: — 15 avgustda «Tolibon» hokimiyatga kelganiga 2 yil to‘ldi. Bu vaqt davomida bu hukumat nimalarga erishgani, nimalarni boy bergani barcha uchun qiziq, albatta. Birinchi navbatda «Tolibon» hukumati o‘tgan 2 yil davomida mamlakatda tinchlik va barqarorlikni bir qadar ta’minladi. Jinoyatchilik, teraktlar kamaydi, iqtisodiy barqarorlikka ham erishildi. Shu tomonlama ijobiy baholash mumkin. Lekin 10 ga yaqin turli terroristik va ekstremistik guruhlar o‘z faoliyatini davom ettiryapti, ularga qarshi harakatlar bo‘lyapti «Tolibon» hukumati tomonidan. Umuman, mamlakatda ichki holatni barqarorlashtirishga harakat qilishyapti. Ijtimoiy-iqtisodiy holatni yaxshilash bo‘yicha ham chora-tadbirlar bo‘lyapti va kelajakda o‘z samarasini berishi kutilyapti.
Hamza Boltayev: — Hamza Boltayev: — «Tolibon» hukumati faqat mamlakat ichkarisida emas, xalqaro maydonda ham e’tirof etarli yutuqlarga erishgan. Dohada bo‘lgan uchrashuvdi g‘arb davlatlari bilan kelishuvga erishganining o‘zi katta yutuq deyish mumkin. AQShning tark etishi ortidan mamlakatni tezda egallanishini ham muvaffaqiyat desa bo‘ladi. Bundan tashqari, Eron va Pokiston bilan turli konfliktlarga qaramasdan yaxshi munosabatlarni saqlab qolgani ham e’tirofli vaziyat. Mamlakat ichkarisida ham qattiq chora-tadbirlar natijasida jinoyatchilik va boshqa salbiy holatlarga bir qadar chek qo‘yildi.
Erisholmagan muammolarga to‘xtalsak. O‘tkir ijtimoiy muammolar, bolalar o‘limi soni jihatdan yuqori o‘rinda. Afg‘oniston shu darajadagi hokimiyat o‘rnatganiga qaramasdan, qo‘shni davlatlar tomonidan ham diplomatik tan olingani yo‘q. Xalqaro hamjamiyatga berilgan ko‘plab va’dalar bajarilmasdan qolib ketyapti. Masalan, bolalar va ayollar huquqi muammosiga haligacha ijobiy yechimlar qilingani yo‘q.
— «Tolibon» xukumatining katta kuch markazlari bilan aloqalarini ko‘rdik. 2 yil davomida AQSh, Rossiya, Xitoy bilan munosabatlar qanday shakllandi yoki shakllanyapti?
Rustam Rashidov: — «Tolibon» hukumatga kelgandan buyon xalqaro hamjamiyat bilan aloqalarni davom ettirmoqda. Kobulda turli davlat va xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari mavjud. Chegaradosh mamlakatlar bilan ham yaxshi munosabatlar davom etyapti. AQSh, Rossiya, Xitoy kabi davlatlar bilan munosabatlarni oladigan bo‘lsak, xususan, AQSh qo‘shinlari Afg‘onistondan 2021 yil 30 avgustda olib chiqib ketildi. Bir yil o‘tib, 25-26 iyul kunlari Toshkentda O‘zbekiston tashabbusi bilan «Afg‘oniston. Xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot» mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. AQSh delegatsiyasi ham ishtirok etib, «Tolibon» tomoni bilan muloqotga kirishdi. Rasmiy Toshkent mana shunday imkoniyat yaratib berdi. Bundan keyin ham turli darajadagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. Oxirgisi avgust oyi boshida Dohada bo‘lib o‘tdi. Xitoy bilan, boshqa mintaqa davlatlari bilan ham munosabatlar ijobiy davom etyapti.
Hamza Boltayev: — AQSh hali rasman «Tolibon» hukumatini tan olganicha yo‘q. Shunga qaramasdan, amaliy hamkorlikni davom ettirish AQSh manfaatlariga to‘g‘ri kelgani uchun «Tolibon» bilan muloqot to‘xtab qolgani yo‘q. Lekin hozirgi kunda AQShning «Tolibon» nisbatan aniq bir pozitsiyasi yo‘q. Yuqori doiradagi uchrashuvlarda AQSh maqsad qilib Afg‘oniston hududining turli terroristik guruhlar o‘chog‘iga aylanib qolmasligini qo‘ymoqda. Transchegaraviy daryolar masalasi ham AQSh davlat departamenti e’tibor markazida ekani aytilmoqda. Lekin aniq bir rasmiy harakatlar yo munosabat bo‘lgani yo‘q bu bo‘yicha.
Xitoyning «Tolibon»ga munosabatida ham o‘ziga xos yondashuv bor. BMT tomonidan tashkil etilgan Dohadagi muloqotda Kollektiv G‘arb «Tolibon» xukumatini tan olish birgalikda bo‘lishi kerak, degan fikrni ilgari surdi. Xitoy tomoni esa bunga qarshi chiqib, Xitoy va Afg‘oniston manfaatlari to‘g‘ri keladigan munosabat bo‘lsa, biz uchinchi tomonning tan olishini kutib o‘tirishimiz shart emas, degan fikrni aytdi. Chunki Xitoy Sharqiy Turkiston hududiga Afg‘onistondan turli terroristik, ekstremistik guruhlar «eksport» bo‘lishidan xavfsiraydi. Bundan tashqari, Xitoyda avtomobilsozlik sanoati rivojlanyapti, buning uchun esa litiy mererallari kerak bo‘ladi, Afg‘onistonda katta litiy zaxiralari mavjud. Bunday imkoniyatni boy berish Xitoy uchun nopragmatik yondashuv bo‘ladi deb o‘ylayman.
Rossiya «Tolibon» bilan yopiq va yaqin munosabatlarda bo‘lgan. Bu oshkora ular o‘rtasidagi munosabat oshkora bo‘lmaydi degani. Ayniqsa, 2007 va 2014 yildan keyin bunday munosabatlar ko‘zga tashlanyapti. 2017 yilda Moskvadagi Afg‘oniston masalasidagi uchrashuvga ham «Tolibon» taklif etilgandi, lekin hokimiyatda Ashraf G‘ani edi. Lekin Rossiya «Tolibon»ning hokimiyatni haddan ortiq markazlashtirilgan manfaatdor emas. Chunki bunday markazlashuv Afg‘oniston shimolidagi turli etnik guruhlar tomonidan norozilik yuzaga kelishi, ekstremistik va terroristik guruhlar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bu esa Rossiyaning janubida ham yoyilish xavfini tug‘diradi. Shuning uchun ham pragmatik hamkorlik qilishga harakat qiladi, o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda.
NormuhammadAli suhbatlashdi.
Mavzuga oid
14:15 / 18.06.2026
Livanga yana hujum bo‘lsa, kelishuv taqdiri so‘roq ostida qoladi – Umrbek Yusupov
15:51 / 17.06.2026
Rossiya ichkarisiga dron hujumlari bilan Ukraina nimaga erishyapti?
11:17 / 17.06.2026
🔴 LIVE: Isroil AQSh-Eron kelishuvi bandlaridan bexabarligini bildirdi | “Geosiyosat”
09:05 / 17.06.2026