Tabiiy va sun’iy suv havzalari baliqchilik uchun auksion orqali ijaraga beriladi
Shuningdek, baliqchilik loyihalarini amalga oshirish uchun garovsiz kredit beriladi.

Foto: Zuma / TASS
«Baliqchilik xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suv havzalaridan foydalanish tartibini takomillashtirish hamda baliq ovlash va suv bo‘yi turizmi maskanlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2023 yil 1 oktyabrdan quyidagilar tadbirkorlarga E-auksion elektron savdo platformasida onlayn auksion orqali ijaraga beriladi:
- davlatga tegishli tabiiy va sun’iy suv havzalari (suv omborlari) – baliqni sanoat usulida yetishtirish, ovlash va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar uchun;
- tabiiy va sun’iy suv havzalari (suv omborlari) hamda daryo atrofidagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari – suv bo‘yida plyaj zonalarini tashkil etish, sport-ishqibozlik turidagi baliq ovlash, baliq ovi, qayiqda suzish va suv sayohati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish, baliq mahsulotlari, shu jumladan baliq taomlari savdosi, umumiy ovqatlanish va boshqa turizm xizmatlarini tashkil etish hamda ushbu maqsadlarda yengil konstruksiyali qurilmalarni (o‘tov lagerlari majmuasi, konteynerlarni) joylashtirish uchun.
Qarorga ko‘ra, 2024 yilda respublikada:
- 900 ming tonna baliq yetishtirish;
- 35,2 ming gektar sun’iy suv havzalarini intensivlashtirib, 513,6 ming tonna baliq yetishtirish;
- 9 mingta xonadonda intensiv usulda baliq yetishtirishni yo‘lga qo‘yish nazarda tutilgan.
2024 yil 1 yanvardan «Har bir oila – tadbirkor» dasturi doirasida aholi va tadbirkorlarga baliqchilik loyihalarini amalga oshirish uchun 50 million so‘mgacha garovsiz kredit ajratiladi.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20 / 17.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Putinga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga 3 kun muhlat berdi
Jahon | 00:47
-
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi KXDRni yirik hisobda yengib, Osiyo Kubogi finaliga chiqdi
Sport | 00:31
-
Kolumbiyada sariq bezgak tufayli favqulodda holat rejimi e’lon qilindi
Jahon | 00:05
-
Noma’lum erkak Floridadagi universitetda otishma uyushtirdi. Qurbonlar bor
Jahon | 23:41 / 17.04.2025
Mavzuga oid

21:33 / 20.01.2025
Tez orada dunyoda trillionerlar paydo bo‘ladi - global tengsizlik hisoboti e’lon qilindi

17:30 / 09.01.2025
O‘zbekiston eng kam oylik maosh reytingida 113-o‘rinni egalladi

21:27 / 05.06.2024
Dunyoda millionerlar soni ortib borayotgani qayd etildi

21:27 / 17.05.2024