Yiğilişda ta’kidlanişiça, Özbekistonda 173 ming kilometr daryo va kanal özanlari mavjud. Suv resurslari çeklangan bölişiga qaramasdan, mamlakat Markaziy Osiyoda baliq yetiştiriş hajmi böyiça yetakçi örinda turibdi. 2025 yilda 206 ming tonna baliq yetiştirilgan.

Sönggi yillarda aholi soni ösişi bilan oqsilli mahsulotlarga bölgan talab ham oşib bormoqda. Baliq esa iqtisodiy jihatdan samarali ozuqa manbaidir. Şu bois, oddiy köl baliqçiligidan suvni tejaydigan, qayta aylantiradigan va intensiv texnologiyalarga asoslangan tizimga ötiş zarurligi ta’kidlandi.

Taqdimotda 329 ta tabiiy suv havzasi va suv ombori hamda ular atrofidagi 163 ming gektar yer maydonini ijaraga berişning yangi, şaffof tizimini joriy qiliş, intensiv baliqçilik va naslçilik xöjaliklariga har yili zarur miqdorda suv yetkazib beriş kafolatlanişi lozimligi qayd etildi.

Bugungi kunda intensiv usulda baliq yetiştiriş hajmi umumiy işlab çiqarişning 20 foizidan oşmayapti. Vaholanki, bunday texnologiyalar hosildorlik va daromadni bir neça barobar oşiradi. Agar mavjud imkoniyatlar töliq işga solinsa, baliq yetiştiriş hajmini 5 barobar oşiriş mumkinligi aytib ötildi.

Sohada yangi texnologiyalarni joriy etiş va tadbirkorlarni moliyaviy qöllab-quvvatlaş, xususan, yopiq suv aylanma tizimini örnatiş xarajatlarining bir qismini qoplaş, naslli ona baliqlarni import qiliş uçun subsidiya ajratiş, quyoş panellarini örnatiş uçun subsidiya beriş va aylanma mablağ uçun imtiyozli kreditlarning foiz xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qiliş lozimligi ta’kidlandi.

Baliqçilik xöjaliklariga kredit ajratiş, milliy va xorijiy valutadagi kreditlar böyiça foiz xarajatlarini qisman qoplaş mexanizmlari joriy etiladi.

Uşbu imkoniyatlar hisobiga keyingi yilda baliq yetiştiriş hajmini 500 ming tonnadan oşiriş çoralarini köriş topşirildi.

Taqdimotda naslçilik va ilmiy yondaşuv masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Sifatli çavoq va yaxşi genetika yuqori hosildorlikning asosiy şarti ekani ta’kidlandi. Şu bois, karp, laqqa, forel, osyotr kabi baliq turlarining naslini yaxşilaş, yangi zotlarni mahalliy iqlim şaroitiga moslaştiriş böyiça işlar yölga qöyiladi.