08:49 / 19.08.2023
2501

O‘zbekiston davlat organlari chegaralarni boshqarish dasturi doirasida homiylik yordamini oldi

Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan Markaziy Osiyoda chegaralarni boshqarishga ko‘maklashish dasturi (BOMCA 10) O‘zbekistonning qator davlat organlari ehtiyojlari uchun umumiy qiymati 213 352 yevro miqdorida homiylik yordamini ajratdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Dunyo

Jumladan, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlariga pasport o‘qish moslamalari, hujjatlarning haqiqiyligini tekshirish uchun mo‘ljallangan «Regula» moslamalari, shuningdek, 1003M-14 rusumli ixcham lupa qurilmalari topshirildi. Taqdim etilgan uskunalarning umumiy qiymati 154 050 yevroga teng.

Bojxona qo‘mitasining bojxona instituti umumiy qiymati 39 070,81 yevro bo‘lgan kompyuter uskunalari bilan ta’minlandi, unda dasturiy ta’minotga ega server - o‘quv jarayonini boshqarish bo‘yicha axborot tizimi uchun ish stansiyasi, o‘quv jarayonini multimedia vizualizatsiya qilish uchun integratsiyalashgan axborot tizimlari dasturiy ta’minotga ega server va LCD-ekran mavjud.

Taqdim etilgan jihozlar zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda respublika tashkilotlarining texnik imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

Mavzuga oid
Top