O‘zbekiston va Qozog‘iston TIV o‘rtasida hamkorlik dasturi imzolandi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Qozog‘iston bosh vazirining o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu Toshkent shahrida muzokaralar o‘tkazdi.
«Qozog‘iston Bosh vaziri o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu janoblari bilan juda samarali va samimiy uchrashuv o‘tkazdik, - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida. -Uchrashuvimizning kun tartibi keng qamrovli va boy bo‘ldi. Oliy darajada erishilgan barcha kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, jumladan, o‘zaro savdo hajmini 10 mlrd dollarga yetkazishga alohida e’tibor qaratdik».
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston va Qozog‘iston munosabatlari so‘nggi yillarda misli ko‘rilmagan darajaga ko‘tarildi, o‘tgan yili ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolandi.
«Biz, shuningdek, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi transport aloqalaridagi foydalanilmayotgan ulkan salohiyat, Markaziy Osiyoning xalqaro tranzit imkoniyati, oziq-ovqat xavfsizligi, akademik va bilim almashinuvi, barqaror rivojlanishni ta’minlash, mintaqaviy farovonlik va xavfsizlikni saqlash bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama qildik», - deya qayd etdi O‘zbekiston TIV rahbari.
Muzokaralar yakunida ikki davlat tashqi siyosat idoralari rahbarlari O‘zbekiston va Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini imzoladi.
Mavzuga oid
15:40 / 28.09.2024
O‘zbekiston va Avstriya TIV hamkorlik dasturini imzoladi
22:14 / 17.07.2024
Tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
21:33 / 19.06.2024
O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaga kirishda qiyinchilikka uchramoqda. RF TIVga so‘rov yuborildi
07:30 / 08.05.2024