Rossiyadagi özbek muhojirlari natsistlar davridagi kabi qöllarini yelkasiga qöyib, olib ötilganida ham Taşqi işlar vazirligidan sado çiqmadi, deydi huquqşunos Botirjon Şermuhammad. Siyosatşunos Kamoliddin Rabbimov esa TIVning fundamental vazifalaridan biri xorijdagi Özbekiston fuqarolarini himoya qiliş ekani, lekin bu tafakkur juda zaif qolayotganini ta’kidladi.
Kun.uz muxbiri Rossiyadagi özbek migrantlari bilan boğliq dolzarb masalalarni huquqşunos Botirjon Şermuhammad va siyosatşunos Kamoliddin Rabbimov bilan muhokama qildi. Suhbat davomida mehmonlar Özbekiston rasmiy doiralari, xususan Taşqi işlar vazirligining mehnat muhojirlarini himoya qiliş borasidagi harakatlariga töxtalib ötdi.
Botirjon Şermuhammad:
— E’tibor bersangiz, Qirğiziston va Tojikiston bir neça marta aynan mehnat muhojirlari böyiça Rossiyaning harakatlariga munosabat bildirgan. Diplomatik notalar bilan. Lekin Özbekiston men körgan holatlarda faqat bir marta Rossiyaga e’tiroz bildirdi: Zaxar Prilepinning çiqişiga qarşi. Uning çiqişi esa Özbekiston suverenitetiga qarşi gap edi, muhojirlar bilan boğliq emasdi.
Mehnat muhojirlarimizga nima bölsa ham, qayerda yoki qançalik kamsitilgan yoki ularning huquqlari buzilgan bölsa ham… hatto Rossiyadagi özbek muhojirlarini Hitler davridagi natsistlar kabi qöllarini yelkasiga qöyib majburan yurgizişgan taqdirda ham, Özbekiston hukumati yoki Taşqi işlar vazirligi heç qanday nota bildirgani yöq. Oçiqçasiga biz bu narsani körmadik.
Nega Rossiyaga bizdan köra iqtisodiy tomondan qaramroq bölgan davlatlar Qirğiziston yoki Tojikiston norozilik bildira oladi? Ular bilan heç narsa bölgani yöq. Nega biz bildira olmaymiz? Biz katta davlatmiz, aholimiz ham köp, iqtisodiy imkoniyatlarimiz ham köproq.
Hozirgi kunda Rossiyaning sanoqli dösti bor. Biz va Tojikiston Rossiya bilan ittifoqçi davlatmiz. Ittifoqçilik haqida şartnomamiz bor, strategik hamkorlik haqida şartnomamiz bor. Agar ittifoqçi davlatning fuqarolariga Rossiyada şunday munosabat bildiriladigan bölsa, oddiy munosabatdagi davlatlarga nima qiladi?
Bu nafaqat Rossiya bilan. Oxirgi paytlarda Turkiyaga borişda ham Özbekiston fuqarolarini çegaradan qöyilmayotgan holatlari bölyapti. Bizning Turkiya bilan qanaqangi döstlik şartnomalarimiz bor, qardoş davlatmiz deyiladi. Lekin heç qanday sababsiz, kimningdir şaxsiy fikri asosida Özbekiston fuqarolari çegaradan kirgizmay qöyilyapti. Özbekiston fuqarolarining Gruziyaga yoki Moldovaga kirişida ham muammolar bölib turibdi. Biz ularni Özbekistonga qöyyapmiz-ku, nega bizning fuqarolarga bunday munosabat?
Kamoliddin Rabbimov:
— Fuqarolarni himoya qiliş faqat davlat içida emas, taşqi dunyoda ham bölişi kerak, Özbekistonda hali şunday zehniyat şakllanmadi. Bu – davlatning fundamental vazifasi. Köpgina davlatlarda vatandoşlarni, xorijga çiqqan fuqarolarni himoya qiliş taşqi işlar vaziri birinçi örinbosarining fundamental vazifasi hisoblanadi. Lekin Özbekistonda bu tafakkur juda zaif qolmoqda.
Misol uçun, işlagani ketadimi, dam olgani boradimi, öqiş uçun boradimi yoki boşqa sabablarmi, öşa taşqariga çiqqan özbekistonliklarni himoya qiliş darajasi öta zaif bölgan va hozirgaça zaifligiça qolyapti.
Botirjon Şermuhammad:
— Bizda amaldorlar bilan gaplaşsangiz, ularning zehniyatida birinçi navbatda bizning vatandoşlarimiz özlari aybdor. Şu zehniyat saqlanib qolgan. Odamlardan “zerikkan” bunday amaldorlarni almaştiriş kerak.
Mana, [Rossiya Tergov qömitasi raisi Aleksandr] Bastrikin biznikilarni şarmanda qildi. Sankt Peterburgdagi yuridik forumda aytgan gapi: “Özbekiston Boş prokuraturasiga bordik, muhojirlar böyiça gaplaşdik. Özbekiston Boş prokuraturasi xodimlari aytyaptiki: Sizlar nimaga bular bilan yuribsizlar, bizgayam kerakmas bu odamlar, qiziqmas, dedi”.
Bastrikin şu narsani katta bir forumda aytyapti, bu gaplar OAVlarda çiqib ketdi. Özbekiston Boş prokuraturasi “bu [Bastrikin] yolğon gapirdi, biz özimizning fuqarolarimizga bunaqa munosabat bildirmaymiz”, deb aytolgani yöq. Yoki ular şuni aytişga ham qörqadi, yoki haqiqatan ham şunaqa fikrlaydi.

Kamoliddin Rabbimov:
— Rossiya tarafi özimiznikilardan şu gaplarni eşitganidan keyin, içkarida xohlaganiça repressiya qiladi-da.
***
Töliq intervyu bilan uşbu havola orqali tanişiş mumkin.











