Rossiya prezidenti sobiq maslahatchisi «chet el agentlari» reyestriga kiritildi
Rossiya Adliya vazirligi «chet el agentlari» ro‘yxatiga yetti nafar yangi shaxs, jumladan, publitsist Andrey Piontkovskiy, yozuvchi Linor Goralik va Rossiya prezidentining sobiq maslahatchisi Andrey Illarionovni kiritdi.
Rossiya Adliya vazirligi «chet el agentlari» reyestriga yetti nafar yangi shaxsni kiritdi. Ro‘yxat 18 avgust, juma kuni kengaytirildi.
Shu tariqa, ro‘yxatga publitsist Andrey Piontkovskiy, adabiyotshunos va yozuvchi Tatyana Sotnikova (Anna Berseneva), muallif Yuliya Goralik (Linor-Juliya Goralik), huquq himoyachisi Sergey Krivenko, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning sobiq maslahatchisi – Andrey Illarionov, yoqutistonlik faol, Melburnda yashovchi va urushga qarshi pozitsiyada bo‘lgan Sargilana Kondakova, qalmiq faoli Vladimir Dovdanov kiritilgan.
Bungacha Adliya vazirligi 27 iyul kuni «chet el agentlari» ro‘yxatini kengaytirgan edi.
Rossiyada «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun
«Chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun Rossiyada 2012 yilda paydo bo‘lgan. Odatda, Rossiya Adliya vazirligi har hafta, juma kunlari «chet el agentlari» ro‘yxatini to‘ldiradi.
2022 yil 1 dekabrdan boshlab qonun nafaqat chet eldan mablag‘ oladigan, balki xorijiy «qo‘llab-quvvatlovga» ega bo‘lganlarni, shuningdek, Rossiya rasmiylariga ko‘ra, xorijiy ta’sir ostida bo‘lganlarni ham «chet el agenti» deb e’lon qilishga ruxsat beradi.
Mavzuga oid
11:04 / 15.11.2024
RFda «chet el agentlari»ning ayrim daromadlardan foydalanishi qiyinlashadi
11:59 / 08.11.2024
RFda «chet el agentlari» va mamlakatni tark etganlar daromaddan mahrum qilinadi
10:10 / 02.10.2024
Gurjistonda «chet el agentlari» reyestriga dastlabki NNT kiritildi
10:10 / 28.09.2024