Donald Tramp respublikachilarning debatlarida ishtirok etmoqchi emas
AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp respublikachilar o‘rtasidagi dastlabki deputlarda ishtirok etmasligini ta’kidladi. Bunga sabab qilib u jamoatchilik fikri so‘rovlarida katta farq bilan oldinda borayotgani, saylovchilarga yaxshi tanish ekan va ularga yoqishini keltirgan.
Tramp o‘zining Floridadagi Mar-a-Lago qarorgohida 2024 yilgi prezidentlik saylovlaridagi ishtiroki bo‘yicha kelgusidagi rejalarini ochiqladi.
So‘nggi paytlarda Tramp chorshanba kuni Viskonsin shtatidagi Miluoki shahrida bo‘lib o‘tadigan dastlabki debatlarda ishtirok etmasligini ta’kidlab kelayotgandi. U umumilliy so‘rovlarda katta farq bilan yetakchilik qilayotganini pisanda qilib, raqiblarga unga tashlanish uchun imkoniyat bergisi kelmayotganini aytgan.
CBS yakshanba kuni o‘tkazgan so‘rovnomalarga ko‘ra respublikachi saylovchilarning 62 foizi uchun Tramp maqbul nomzod hisoblanadi, uning eng yaqin ta’qibchisi Florida gubernatori Ron DeSentis 16 foiz ovozga ega. Boshqa barcha nomzodlar 10 foizlik qo‘llovga ham ega emas.
«Jamoatchilik mening kimligini, mening prezidentlik davrim qanday muvaffaqiyatli bo‘lganini biladi, — deb yozgan Tramp o‘ziga tegishli Truth Social ijtimoiy tarmoqda. — Shuning uchun men debatlarda qatnashmayman».
Trampning saylovoli kampaniyasi shtabi a’zolari sobiq prezident birorta debatda qatnashmasligini nazarda tutdimi, degan savolga darhol javob bermagan.
The New York Times nashrining xabar berishicha, Tramp Fox News telekanalining sobiq boshlovchisi Taker Karlsonga intervyu bergan. Chorshanba kuni e’lon qilinishi va’da qilinayotgan intervyu qaysi platformada joylashtirilishi noma’lum.
Trampning shu hafta ichida o‘tkazilajak debatlarda ishtirok etmasligi DeSantis Tramga asosiy muqobil bo‘lishga harakat qilayotgan boshqa nomzodlar tomonidan talanadigan obekt bo‘lishiga sharoit yaratmoqda. Respublikachi nomzodlar o‘rtasidagi g‘olib 2024 yilning noyabrida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida demokrat prezident Jo Baydenga raqiblik qiladi.
DeSantis kammpaniyasining vakili Endryu Romeoning aytishicha, Florida gubernatori Miluokiga safarni intiqlik bilan kutmoqda.
«Bu nominatsiyaga hech kim haqli emas. Hattoki Donald Tramp ham. Siz xalq oldiga chiqib, ishonchni qozonib uni qo‘lga kiritishingiz kerak», — deb yozgan Romeo X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida.
Shu oyda e’lon qilingan Reuters/Ipsos so‘rovnomasida Tramp mamlakat bo‘ylab respublikachilarga yon bosuvchi saylovchilarning 47 foiz ovozini to‘plagan, DeSantis esa uch foiz punktini yo‘qotib, 13 foiz ovoz to‘plagan. Debatda ishtirok etuvchi boshqa nomzodlar ko‘rimli ovoz to‘play olishmagan.
Eslatib o‘tamiz, Tramp 2020 yilgi saylovlarda o‘zining Baydenga yutqazganini bekor qilishga uringanlikda gumon qilinayotgani uchun unga nisbatan to‘rtinchi ayblov xulosasi bo‘yicha juma kunigacha Jorjiya shtatining Fulton okrugida o‘z ixtiyori bilan hibsga taslim bo‘lish uchun so‘nggi imkoniyatga ega.
Mavzuga oid
10:12
AQShda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar soni aytildi
08:31
AP: AQSh Ukrainaga 275 mln dollarlik harbiy yordam ajratmoqda
08:02
AQSh Gonsalesni Venesuelaning saylangan prezidenti sifatida tan oldi
22:07 / 19.11.2024