Janubiy Koreya va Yaponiya AQŞning Tinç okeani mintaqasidagi muhim ittifoqçilaridir, ammo bu ikki davlat örtasidagi munosabatlar, ayniqsa, Ikkinçi jahon uruşidan keyin ança murakkablaşgan.

AQŞ har ikki davlat bilan munosabatlarda «yangi davr» boşlaşga va’da berdi va tahlilçilar bu işni imkon qadar tezroq qiliş kerakligini ta’kidlamoqda. Ittifoqçilarga mintaqadagi yana bir yirik öyinçi — Xitoyning harbiy qudrati oşib borayotgani va Şimoliy Koreya yadroviy dasturining rivojlanişi tahdid solmoqda.

Sammitni taşkil qilişda Bayden Yaponiya va Janubiy Koreya yaqinda ba’zi tarixiy kelişmovçiliklarni bartaraf eta olganidan foydalandi.

Avvalroq Oq uyning Hind-Tinç okeani masalalari böyiça koordinatori Kurt Kempbell Vaşingtonning Tokio va Seul bilan aloqalari «XXI asrda uç tomonlama munosabatlarni belgilovçi» bölişini aytgan edi.

«18 avgust kuni körgan narsangiz, hozir ham, kelajakda ham uç tomonlama munosabatlarni mustahkamlaşga yönaltirilgan juda ambitsiyali taşabbuslar töplami», deydi Kempbell.

«Ehtimoliy raketa hujumlaridan himoyalaniş uçun real vaqt rejimida razvedka ma’lumotlarini almaşiş Yaponiya va Janubiy Koreyani bir-biriga yaqinlaştirişga yordam beradi», deydi Stenford universitetidagi Guver instituti xodimi Maykl Oslin.

«Axborot almaşinuvi özaro işonçni mustahkamlaydi. Biz oldin bunaqasini körmaganmiz», deya qöşimça qilgan u.

Pekinning qoralanişi va KXDRning Rossiya bilan döstligi

AQŞning avvalgi ma’muriyatlari Yaponiya va Janubiy Koreya örtasidagi mudofaa aloqalarini mustahkamlaşga bir neça bor urinib kördi, ammo ular bu borada sezilarli muvaffaqiyatga erişa olmadi.

Biroq, Bayden ma’muriyati Kemp-Devid uçraşuvi iştirokçilari öz lavozimlarini tark etgandan keyin ham davom etadigan munosabatlarni örnatişga dov tikdi.

Pekin, kutilganidek, sammit ötkazilişini qoralab, «tegişli davlatlar tomonidan turli guruhlar şakllantirilişiga va ularning qarama-qarşilikni kuçaytiriş va boşqa mamlakatlarning strategik xavfsizligiga xavf tuğdiriş amaliyotiga qarşi ekani»ni ma’lum qildi.

«Xitoy ‘mintaqaviy xavfsizlikʼ deb atalmiş narsani ta’minlaş uçun töplangan ba’zi bir-birini istisno qiluvçi guruhlar faqat duşmanlikni kuçaytirayotgani va boşqa mamlakatlarning strategik xavfsizligiga putur yetkazayotganiga e’tibor qaratdi. Xitoy bu amaliyotga keskin qarşi», degan Xitoyning Vaşingtondagi elçixonasi matbuot kotibi Lyu Penyuy.