Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda dunyodagi eng baland ko‘prik ochildi
Ko‘prik sathidan Beypan daryosi oqib o‘tadigan dara tubigacha bo‘lgan masofa 625 metr.
Foto: AFP
Xitoyning Guychjou provinsiyasi, Huatszyan darasi ustidagi osma ko‘prik avtomobillar harakati uchun ochildi. Ko‘prik sathidan Beypan daryosi oqib o‘tadigan dara tubigacha bo‘lgan masofa 625 m bo‘lib, bu uni dunyodagi eng baland ko‘prik qiladi.
Huatszyan darasi ustidagi ko‘prik qurilishi qariyb 4 yil davom etdi, loyiha qiymati 280 mln dollarga baholandi. Inshootning uzunligi 2,9 km. Mahalliy ma’muriyatning ta’kidlashicha, yangi ko‘prik daraning bir tomonidan ikkinchi tomoniga borish vaqtini «ikki soatdan ikki daqiqagacha» qisqartiradi, ushbu loyihaning ishga tushirilishi esa mintaqaviy transport tarmog‘ini yaxshilaydi va «mintaqaning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga yangi turtki beradi».


Xuddi shu viloyatda baland ko‘priklar bo‘yicha oldingi jahon yetakchisi - Duke ko‘prigi (565 m) joylashgan bo‘lib, u Beypan daryosining irmog‘i oqib o‘tadigan dara orqali o‘tadi. Umuman olganda, Xitoy rasmiylarining ta’kidlashicha, Guychjou provinsiyasida dunyodagi eng baland 100 ta ko‘prikning deyarli yarmi joylashgan.
Mavzuga oid
23:16 / 10.04.2026
Dunyodagi eng baland osmono‘par binolardan biri 18 yillik tanaffusdan so‘ng qurib bitkaziladi
21:28 / 10.04.2026
Tayvan muxolifati yetakchisi Pekinda Si Jinping bilan uchrashdi
08:10 / 09.04.2026
Elektromobillar poygasi: kim dunyoda yetakchi?
07:45 / 09.04.2026