Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mashinistning chorak asr oralig‘ida olingan surati Xitoy temiryo‘llaridagi o‘zgarishni ko‘rsatdi
Poyezd mashinisti Xan Tszyunszya 1992 yilda o‘z faoliyatini boshlaganida, Xitoy temiryo‘llarida hali soatiga 50 kilometr tezlikka chiqadigan parovozlar harakatlanardi. Ammo o‘shandan beri mamlakat iqtisodiyoti zamonaviy tarixdagi eng tez o‘sishni boshdan kechirdi: yalpi ichki mahsulot qariyb besh baravar o‘sdi, infratuzilmaga, jumladan, temiryo‘l transportiga ulkan sarmoyalar kiritildi.
Foto: People’s Daily
Tszyunszya uchun bu atigi 26 yil ichida tutunli parovozlardan zamonaviy tezyurar poyezdlarga o‘tishni anglatadi. Ikkita fotosurat, birida u parovoz yonida, ikkinchisida esa Fuxing poyezdi yonida - PetaPixel e’tibor qaratishicha, bu Xitoydagi o‘zgarishlarni so‘zlardan ko‘ra yorqinroq aks ettiradi. Birinchi surat XX asr oxirida emas, balki XIX asrda olinganga o‘xshaydi. Ikkinchisi, o‘zgarishning namoyishi: tezyurar poyezd, hashamatli transport turi faqat bir necha mamlakatlarda mavjud.

1996 yilda Xan dizelli lokomotivga o‘tdi va bundan xursand bo‘ldi: kabinada endi harorat o‘lchagich, orqa ko‘zgu oynasi va monitoring tizimi mavjud edi. Ammo dizeldagi poyezdlar juda shovqinli bo‘lib chiqdi — agar u hamkasblari bilan muloqot qilish kerak bo‘lsa, kun bo‘yi baqirishi kerak edi.

2008 yildan boshlab soatiga 160 kilometr tezlikka erisha oladigan va kompyuter boshqaruvi tufayli ancha xavfsizroq elektropoyezdlar paydo bo‘ldi. Taxminan bir vaqtning o‘zida Xitoy Pekin-Shanhay tezyurar liniyasini qurishni boshladi va Xan ushbu yo‘nalishda mashinist bo‘lish uchun ariza topshirdi. 2017 yilda liniya ochilganda, u soatiga 350 kilometr tezlikda yuradigan Fuxing poyezdining boshqaruvini o‘z qo‘liga oldi.

«Har safar yangi poyezd boshqaruvini qo‘lga olganimda, men mamlakat temiryo‘l texnologiyasi taraqqiyotini his qilardim», dedi Xan.
Mavzuga oid
07:35 / 23.03.2026
Xitoyda robot tennis o‘ynashni o‘rgandi: u 96 foiz aniqlik bilan zarbalarni qaytarmoqda
20:48 / 22.03.2026
Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonda texnik uglerod ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin
21:43 / 21.03.2026
Xitoylik ayol 28 yil oldin qaynotasi hojatxonaga tashlab ketgan farzandini topdi
19:21 / 21.03.2026