21:58 / 22.08.2023
24999

OChL. «Navbahor» 120 daqiqa davom etgan o‘yinda Qatar klubini mag‘lub etib, guruh bosqichiga yo‘llanma oldi 

Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichiga o‘tish o‘yinida «Navbahor» Qatarda «Al-Vakra»ga qarshi maydonga tushdi. 

«Al-Janub» stadionida kechgan uchrashuvning asosiy vaqti tengkurashlar ostida o‘tib, hisob ochilmadi. Bahsning kulminatsion voqeasi 80-daqiqada ro‘y berdi. Qatarliklar a’zosi Xolid Shurrab ikkinchi marta ogohlantirilib, maydondan chetlatilgach o‘yindagi ustunlik Samvel Babayan shogirdlariga o‘tdi.

Natijada, zaxiradan maydonga tushgan o‘yinchilar qo‘shimcha bo‘limlarda namanganliklarning o‘yinini kuchaytirishdi va Doniyor Abdumannopov 98-daqiqada Shahboz Jo‘rabekovning uzatmasini golga aylantirdi – 1:0.

Shu tariqa, 120 daqiqa davom etgan bahsda «Navbahor» Qatarda «Al-Vakra»ni mag‘lub etib, o‘z tarixida ilk marta Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etadigan bo‘ldi. Guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi 24 avgust kuni o‘tkaziladi.

OChL-2023/24. Saralash. Pley-off
«Al-Vakra» – «Navbahor» - 0:1

Hakam: Xiroyuki Kimura (Yaponiya)
Gol: Doniyor Abdumannopov, 98.
«Al-Vakra»: 99. Omar As-Said, 12. Murod Naji, 2. Lukash Mendesh, 4. Trent Seynsberi, 5. Ahmad Hasaba (7.Rabeh Bussafi, 64), 11. Ayub Assal (21. Xolid Munir, 86), 3. Xolid Shurrab, 8. Hamdi Fathi, 10. Jyelson Dala, 23. Ahmad Said (34. Nabil Irfon, 85), 9. Muhammad Benyyettu (28. Yusuf Yatib, 85).
«Navbahor»: 1. O‘tkir Yusupov, 13. Filipp Ivanovich, 22. Igor Golban, 5. Milosh Milovich (27. Shahboz Jo‘rabekov, 90+5), 6. Ibrohim Yo‘ldoshev, 14. Jamshid Boltaboyev, 17. Abrorjon Ismoilov (19. Doniyor Abdumannopov, 76), 23. Yovan Jokich, 21. Temurxo‘ja Abduxoliqov, 77. Asadbek Sobirjonov (8. Jasur Yaxshiboyev, 108), 91. Toma Tabatadze (10. Jamshid Iskanderov, 79).
Chetlatish: Xolid Shurrab, 80.

Top