Tramp 200 ming dollar garov evaziga ozodlikda qoldi
Jorjiya shtati sudi garov evaziga uni hibsga olmaydi.
AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp Jorjiya shtatidagi saylovlarga aralashish ishi bo‘yicha hibsga olinmaydi va garov evaziga ozodlikda qoladi.
Tramp vakillari to‘lashga rozi bo‘lgan summa 200 ming dollarni tashkil qiladi: 12 ta ayblovning har biri uchun 10 ming dollar, yana bir ayblov uchun 80 ming dollar.
Sobiq prezident to‘lovni naqd pulda amalga oshirishi yoki kafillik orqali garovni rasmiylashtirishi mumkin.
Ozodlikda qolishning yana bir sharti: guvohlar va sudlanuvchilar bilan muloqot qilmaslik. Bundan tashqari, Tramp sudda shaxsan ishtirok etishi kerak, bu haqda oldinroq ogohlantirilgan edi.
Avvalroq Jorjiya okrugi prokurori Feni Uillis Oq uyning sobiq rahbari Donald Tramp ishi bo‘yicha sud jarayonini kelasi yilning 4 mart kuniga belgilashni taklif qilgan edi. Tramp va uning ishi bo‘yicha boshqa gumonlanuvchilar sentabr oyi boshida rasman ayblov qo‘yilishi uchun sudga kelishi kutilmoqda, dedi u.
Tramp o‘ziga nisbatan qo‘yilayotgan barcha ayblovlarni rad qilmoqda.
Mavzuga oid
23:25 / 20.09.2024
AQSh prezidentligiga nomzodlar xavfsizligi kuchaytirilishi mumkin
20:54 / 20.09.2024
AQShdagi 2024 yilgi saylovlar: so‘rovlar nimani ko‘rsatmoqda?
18:08 / 20.09.2024
Amerikada erkak 18 yil birovning “svet”iga pul to‘lab kelgani aniqlandi
12:30 / 20.09.2024