20:04 / 24.08.2023
28863

«Nasaf» «Paxtakor»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi sohibiga aylandi

Bugun, 24 avgust kuni Jizzaxda O‘zbekiston Superkubogi doirasidagi bahsda «Paxtakor» va «Nasaf» o‘zaro to‘qnash keldi.

Foto: PFL

O‘tgan mavsumda O‘zbekiston chempioni bo‘lgan Toshkent jamoasi va kubok egasiga aylangan Qarshi klubi o‘rtasidagi bahs tomoshabop o‘tdi. 

7-daqiqada Cheranning uzatmasidan keyin Banashak hisobni ochgan bo‘lsa, 42-daqiqada Oybek Bozorov hisobni tenglashtirdi – 1:1.

65-daqiqada esa Stanoyevich goli evaziga kambek uyushtirib, «Nasaf»ga Superkubokni keltirdi – 2:1.

Shu tariqa, Qarshi klubi o‘z tarixida ikkinchi marta O‘zbekiston Superkubogi sohibiga aylandi.

O‘zbekiston Superkubogi.
«Paxtakor» – «Nasaf» - 1:2

Bosh hakam: Aziz Asimov
VAR: Ilgiz Tantashev
Gollar: Pshemislav Banashak 7 – Oybek Bozorov 42, Marko Stanoyevich 65.
«Paxtakor»: 35.Sanjar Quvvatov, 3.Hojiakbar Alijonov, 7.Odil Hamrobekov, 8.Azizbek Turg‘unboyev (20.Hojimat Erkinov, 71), 10.Dragan Cheran, 19.Pshemislav Banashak, 27.Sardor Sobirxo‘jayev, 30.Metyu Stinvorden, 34.Farrux Sayfiyev, 77.Dilshod Saitov (17.Dostonbek Hamdamov, 71), 88.Shahzod Azmiddinov.
«Nasaf»: 1.Umidjon Ergashev, 2.Alibek Davronov, 5.G‘olib G‘aybullayev, 7.Akmal Mozgovoy, 8.Zafarmurod Abdurahmatov, 17.Suhrob Nurulloyev, 19.Mateus Lima Kruz (70.Jambuli Jigauri, 55), 34.Sherzod Nasrullayev, 77.Oybek Bozorov, 88.Marko Stanoyevich (9.Javohir Sidiqov, 71), 92.Umarbek Eshmurodov.

Top