Jahon | 14:55 / 30.08.2023
24901
5 daqiqa o‘qiladi
Kiyevda mashhur uchuvchining, Peterburgda Prigojinning dafn marosimi. Urush suratlari
Ukrainada urushning 552-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Dronlar Pskov aeroportiga (Rossiya va Ukraina chegarasidan 700 kilometr masofada) hujum qildi. Yirik yong‘in kelib chiqqan, kamida to‘rtta Il-76 samolyoti jiddiy shikastlangan — katta ehtimol bilan, aeroport hududidagi yonilg‘i quyish kompleksi yonib ketgan.
- Sankt-Peterburgdagi Poroxov qabristonida Yevgeniy Prigojinni maxfiy ravishda va harbiy taomillarsiz ko‘mishdi.
- Ukrain harbiylari Bryansk oblastidagi Klimovo posyolkasini o‘qqa tutdi. Gubernator Aleksandr Bogomazga ko‘ra, hujum oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan.
- RF mudofaa vazirligi ilk bor Qora dengizda ukrainlarning kemalarga qarshi «Neptun» raketasi tutib qolingani haqida xabar berdi. Ukrainlar 2022 yil aprelida aynan shunday raketalar bilan «Moskva» kreyserini cho‘ktirib yuborishgandi. Vazirlik hech qanday tafsilotlarni keltirmagan. Ayni vaqtda bu ma’lumotni mustaqil manbalar orqali tekshirishning imkoni yo‘q.
- Rossiya mudofaa vazirligi Belgorod va Tula oblastlarida ham dronlar hujumi qaytarilgani haqida xabar bergan.
- Dronlar hujumi fonida Moskva oblastida kichik aviatsiya parvozlari qoidalari o‘zgartirildi. Aholi samolyotlarni dronlar sifatida qabul qilgan va favqulodda xizmatlarga shikoyat qilgan.
Kun kadri. Kiyevda ukrainalik uchuvchining dafn marosimi
Donetsk oblastidagi ukrain dronlari
Igor Strelkov Moskva sudida
Yevgeniy Prigojinning dafn marosimi
29 avgust kuni Peterburgdagi Poroxov qabristonida 23 avgust kuni aviahalokat oqibatida vafot etgan Yevgeniy Prigojinning dafn marosimi o‘tkazildi. Marosimda faqat «Vagner» XHK asoschisining qarindoshlari va yaqinlari qatnashdi. Prigojinni Rossiya Qahramoni (unga bu unvon 2022 yil iyunida berilgandi) uchun ko‘zda tutilgan harbiy tadbirlarsiz (o‘q uzish, chest berish) dafn etishgan.
Frontning turli chekkalaridan suratlar
Mavzuga oid
21:11 / 29.11.2024
Zelenskiy Ukraina quruqlik qo‘shinlariga yangi qo‘mondon tayinladi
14:48 / 29.11.2024
YeP Ukrainaga yordamni va RFga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirdi
14:11 / 29.11.2024
Ukrainada RF harbiylarining asirlarni otib tashlashi tergov qilinmoqda
21:07 / 28.11.2024