Ikki oy oldin qamalgan Urganch shahrining sobiq hokimi ozodlikka chiqadi
Shuhrat Abdullayev Oliy sud qaroriga ko‘ra, jarimaga tortildi va qamoqdan ozod etildi.

Foto: Urganch shahar hokimligi matbuot xizmati
Xorazm viloyati, Urganch shahri hokimi lavozimida ishlagan Shuhrat Abdullayev ozodlikka chiqadi.
Oliy sud kassatsiya instansiyasining 29 avgustdagi ajrimiga muvofiq, Shuhrat Abdullayev o‘z aybiga iqrorligi, qilmishidan pushaymonligi, muqaddam sudlanmagani va ish bo‘yicha yetkazilgan moddiy zararni ixtiyoriy ravishda to‘liq qoplagani inobatga olindi va qamoqdan ozod qilinishi belgilandi. Shu bilan birga, bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravari (165 mln so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlandi.
2023 yil 4 iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Xiva tuman sudi Shuhrat Abdullayevni 2018-2020 yillar mobaynida Urganch shahar hokimi lavozimida ishlagan davrida Jinoyat kodeksining 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi “a” bandi va 229-4-moddasi (yer berish tartibini buzish) 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topib, 2 yilga davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida mansabdor va moddiy javobgar shaxs lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlagan edi. Xorazm viloyati sudi appelyatsiya instansiyasi ajrimi bilan birinchi instansiya sudining hukmi o‘zgarishsiz qoldirildi.
Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati Shuhrat Abdullayevning aybiga iqrorligi, qilmishidan pushaymonligi, muqaddam sudlanmagani va yetkazilgan moddiy zarar qoplanganini inobatga olib, unga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlash haqida keltirilgan protestni qanoatlantirdi.
- Shuhrat Abdullayev 1967 yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. 2018−2020 yillar mobaynida Urganch shahar hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.
Tavsiya etamiz
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namanganda bir sutkada 2 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlandi
Jamiyat | 20:16
-
Patriot va HIMARS uchun raketalarni Yevropada ishlab chiqarish boshlanadi
Jahon | 20:14
-
Hindistonda yuz bergan yong‘in oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 19:31
-
«Cho‘ksang kattaroq dengizda cho‘k». Gulerning onasi, Madriddagi sarguzashtlari va zilziladan omon qolgan muxlisi haqidagi hikoyasi
Sport | 19:12
Mavzuga oid

14:39 / 13.05.2025
Urganchga Xitoydan 30 ta avtobus olib kelindi

23:37 / 01.05.2025
Payariq hokimining ta’qibi ortidan qamalgan tadbirkorni Oliy sud ozod qildi

20:33 / 01.05.2025
Prezident Urganch shahrida jamoat transporti faoliyati bilan tanishdi

14:50 / 01.05.2025