Jahon | 16:00 / 31.08.2023
18768
6 daqiqa o‘qiladi

Kiyevga tungi hujum va frontbo‘yidan evakuatsiya. Urush suratlari

Ukrainada urushning 553-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Kiyev bahordan buyon ilk bor kuchli hujumga uchradi. Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari 20 raketa va dronlarni urib tushirdi, deb xabar bergan Kiyev shahar harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Popko. Ikki kishi halok bo‘lgan. 
  • Bryanskda va okkupatsiya ostidagi Qrimda (Feodosiya hududida) 30 avgust kuni kechqurun bir necha portlashlar amalga oshirildi. Rossiya hukumati Bryanskda uch dron, Qrimda esa — raketa urib tushirilganini ma’lum qilgan.
  • RF mudofaa vazirligi ukrain dronlarining Rossiyaning markaziy qismiga uyushtirilgan yoppa hujumi qaytarilganini ma’lum qilgan.
  • Dronlar Pskov aeroportiga ham hujum qilgan. Ukraina razvedkasi to‘rt samolyot yo‘q qilingani, yana ikkitasi shikastlangani haqida xabar bergan.
  • Rossiyalik harbiylar aviatsiya kuchlari bir kun ichida Ukraina qurolli kuchlarining dengiz dronlariga uch bor hujum qilgani haqida xabar qilgan. Ukraina harbiylari «feyklar»ga ishonmaslikka chaqirgan.
  • Yevropa ittifoqining xorijiy ishlar bo‘yicha oliy komissari Jozep Borrel YeI davlatlari mudofaa vazirlariga 2023 yil oxirigacha 30 ming emas, balki 40 ming ukrain harbiysini o‘qitishni taklif qildi.

Rossiya bo‘ylab va okkupatsiya qilingan hududlarga dronlar hujumi

Pskov oblasti gubernatori Mixail Vedernikov tomonidan olingan suratda hudud markazi bo‘lgan shu nomli shahar ustida tutun ustuni ko‘tarilganini ko‘rish mumkin — uning so‘zlariga ko‘ra, 30 avgustga o‘tar kechasi RF mudofaa vazirligi mahalliy aeroportga uyushtirilgan dronlar hujumi qaytarilgan. Keyinroq TASS agentligi Il-76 rusumli to‘rt samolyot shikastlangani, Pskov oblasti havo kengligi vaqtincha yopilgani haqida ma’lum qildi.
Pskov oblasti gubernatori / EPA / Scanpix / LETA
Pskov aeroportidagi o‘t o‘chiruvchilar. Hujum vaqtida jabrlanganlar bo‘lmagan
Gubernator Pskovskoy oblasti / EPA / Scanpix / LETA
Zaporijjya oblastining okkupatsiya ostidagi qismida joylashgan Kamenka-Dneprovskaya shahrida joylashgan ta’lim boshqarmasi binosiga dron zarbasi oqibatlari. Bir kishi jarohatlangan. Ukrain harbiylari bu yerda saylov uchastkasini nishonga olgandi
Xerson oblastining okkupatsiya ostidagi Nova Kaxovka shahrida «Yedinaya Rossiya» partiyasining jamoat qabulxonasi joylashgan binoga dron hujumi oqibatida deraza oynalari sinib ketgan

Moskva oblastida maskirovka to‘rlari tayyorlanishi

Jukovskiyda yashovchilar qariyb bir yildan buyon, 2022 yil oktyabridan beri Ukrainaga keng ko‘lamli bosqinda qatnashayotgan rossiyalik harbiylar uchun zarur buyumlar tayyorlash bilan shug‘ullanib keladi. Foto ulardan biri maskirovka to‘ri to‘qiyotgani aks etgan. Ko‘ngillilar maxsus liboslar va askarlar uchun zarur bo‘lgan boshqa buyumlar ham tayyorlashadi.
Nataliya Kolesnikova / AFP / Scanpix / LETA

 Belgoroddagi maktabda yangi o‘quv yili oldidan derazalarga zirhli plyonka yopishtirib chiqilmoqda

«Luch» ta’lim markazida, Belgorodning chegaraga yaqin joylashgan boshqa maktab va bolalar bog‘chalarida bo‘lgani kabi deraza va oynalarga zirhli plyonkalar yopishtirilmoqda. Bu ishlar 1 sentabrga qadar tugallanishi mo‘ljallangan
Anton Vergun / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA

Kiyev o‘qqa tutilishi

 

Rossiyaliklarning 30 avgustga o‘tar kechasi Kiyev bo‘ylab yo‘llagan dron va raketa zarbalari vaqtida ko‘tarilgan tutun. «Kiyev bahordan buyon bunday kuchli hujumni boshdan kechirmagandi», — deyilgan shahar harbiy ma’muriyati xabarida
Vladyslav Sodel / Reuters / Scanpix / LETA

 

Rossiyaliklarning Kiyev bo‘ylab raketa zarbasi oqibatlariga qarshi kurashayotgan o‘t o‘chiruvchilar. Kiyev shahri harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Popkoga ko‘ra, 30 avgustga o‘tar kechasi amalga oshirilgan hujum oqibatida ikki kishi halok bo‘lib, bir kishi yaralangan.
Vadym Sarakhan / EPA / Scanpix / LETA
Kiyevga hujum vaqtida urib tushirilgan rossiyaliklar raketasi qoldig‘i
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Kiyevda Rossiyaning raketa zarbasidan shikastlangan uy aholisi vakillari
Vladyslav Musiienko / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiya Kiyevni o‘qqa tutishi oqibatida ko‘plab uylar va do‘konlar shikastlangan. Keyingi kuni shahar aholisi ko‘chalarni tozalashga chiqdi.
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA

Kupyansk atrofidan evakuatsiya

Xarkiv oblastida Rossiya bosqinining ilk kunlaridayoq egallab olingan Kupyansk shahri 2022 yil sentabrida ozod etilgandi. Ammo shahar va uning atrofidagi hududlar muntazam ravishda o‘qqa tutib kelinadi. Shu tufayli urushga qadar 30 mingga yaqin kishi yashagan Kupyanskda qolgan aholini evakuatsiya qilishga harakat qilinmoqda. Ammo keksa yoshli aholining aksar qismi o‘z uylarini tark etishdan bosh tortgan
Svet Jacqueline / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA

Mavzuga oid