Jahon | 21:38 / 31.08.2023
4074
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp saylov natijasini o‘zgartirishga urinish bo‘yicha ayblovni tan olmadi

AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp Jorjiyadagi prezidentlik saylovlari natijasini o‘zgartirishga urinish bo‘yicha qo‘yilgan sud ayblovlarini tan olmadi. Bu haqda sud hujjatlarida yozilgan.

Foto: AP

Tramp, shuningdek, 6 sentabr kuni Atlantada belgilangan sud mahkamasiga borishni ham rad etgan. Bu majlisda Trampga nisbatan rasman ayblov o‘qib eshittirilishi, sobiq prezident ayblovga o‘z munosabatini ham berishi mumkin edi.

«O‘z huquqlarimni bilgan holda ochiq sudda qatnashishni rad etaman», deb Trampning so‘zlari keltirilgan sud hujjatida.

6 sentabr kuni Trampdan tashqari uning 18 nafar sheriklariga qarshi Jorjiyadagi AQSh prezidentlik saylovlari natijasini o‘zgartirishga urinish bo‘yicha ayblov rasman o‘qib eshittirilishi kerak edi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid