Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XOQ Rossiya va Belarus sportchilariga Osiyo o‘yinlarida qatnashishga ruxsat bermadi
Rossiya va Belarus sportchilarining Osiyo o‘yinlarida ishtirok etishini «texnik sabablarga ko‘ra amalga oshirib bo‘lmaydi», deya ta’kidladi XOQ. Bu musobaqalar Parij Olimpiadasiga yo‘llanma olish imkonini beradi.
Rossiya va Belarusdan bo‘lgan sportchilar 23 sentabrda boshlanadigan Osiyo o‘yinlarida ishtirok eta olmaydi, deb xabar berdi 2 sentabr kuni Inside the games portali. Avvalroq shu haqda Osiyo Olimpiya kengashiga (OOK) tayanib The Indian Express nashri xabar bergan edi.
«Rossiya va Belarus pasportiga ega sportchilarning 2023 yilgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etishi konsepsiyasi ishlab chiqilayotgan edi, biroq texnik sabablarga ko‘ra u amalga oshirib bo‘lmaydigan bo‘lib chiqdi», — deya ma’lum qildi Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ). «Rossiyalik va belaruslik sportchilar Osiyo o‘yinlarida bo‘lmaydi, bu - OOK emas, XOQning qarori», - dedi OOK vakili Inside the games’ga.
Ukraina urushi munosabati bilan Rossiya va Belarus sportchilari uchun cheklovlar
Rossiyaning Ukrainada harbiy harakatlar boshlashi bilanoq XOQ Rossiya va Belarusga xalqaro sport musobaqalarida qatnashishni taqiqladi. Bir necha oy o‘tgach, qo‘mita sport federatsiyalariga rossiyaliklar va belarusliklarning tanlangan sport turlarida va qat’iy shartlarga rioya qilgan holda neytral sportchilar sifatida qaytishiga ruxsat berishni tavsiya qildi.
Ushbu tavsiya 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiada va 2026 yilda Italiyada bo‘lib o‘tadigan Qishki Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishga taalluqli emas, deb eslatadi Inside the games. Bu boradagi qaror «tegishli vaqtda» qabul qilinadi, deya ma’lum qildi XOQ.
Iyul oyida OAV 500 nafargacha rossiyalik va belaruslik sportchi 2023 yilgi Osiyo o‘yinlariga neytral maqomda qo‘yilishi mumkinligi haqida xabar bergan edi. Musobaqada ishtirok etish sportchilarga Parij Olimpiadasiga yo‘llanma olish imkonini berar edi.
Mavzuga oid
22:44 / 14.12.2025
O‘zbekiston para sportchilari yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi
19:25 / 03.11.2025
Osiyo yoshlar o‘yinlarining sovrindorlari pul mukofoti bilan taqdirlandi
22:14 / 31.10.2025
Toshkent 2029 yilda IV Osiyo yoshlar o‘yinlariga mezbonlik qiladi
18:16 / 31.10.2025