Kim Chen In Rossiyaga qurol yetkazib berishni muhokama qilish uchun tashrif buyurishi mumkin
Rossiya tomoni muzokaralar davomida KXDRdan artilleriya snaryadlari va tankka qarshi raketalarni yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishmoqchi. Shimoliy Koreyaga Rossiyadan sun’iy yo‘ldoshlar va yadroviy suvosti kemalari uchun ilg‘or texnologiyalar kerak.
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In sentabr oyida Rossiyaga tashrif buyurib, prezident Vladimir Putin bilan uchrashish hamda qurol sanoati sohasida hamkorlikni muhokama qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 4 sentabr, dushanba kuni The New York Times o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Ularga ko‘ra, Kim Chen In va Putin o‘rtasidagi uchrashuv Vladivostokda bo‘lib o‘tishi mumkin, u yerga Shimoliy Koreya yetakchisi zirhli poyezdda kelishi kutilyapti. Ehtimoliy sanalar - 10-13 sentabr kunlari, shu vaqtda Vladivostokda Sharqiy iqtisodiy forum bo‘lib o‘tadi. Biroq manbalar muzokaralar Moskvada o‘tkazilishini istisno etmagan.
Tomonlar qurol yetkazib berish masalasini muhokama qilish niyatida
Rossiya tomoni muzokaralar davomida KXDRdan artilleriya snaryadlari va tankka qarshi raketalarni yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishmoqchi, dedi NYT suhbatdoshlari. Shimoliy Koreya, o‘z navbatida, Rossiyadan sun’iy yo‘ldoshlar va yadroviy suvosti kemalari uchun ilg‘or texnologiyalar hamda oziq-ovqat yordamini olishni xohlaydi.
The Washington Post ham AQSh ma’muriyatining yuqori martabali vakillariga tayanib, bo‘lajak tashrif haqida yozdi. Moskva va Pxenyan bu xabarlarga hali rasman izoh bermagan.
Oq uy: Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi muzokaralar oldinga siljimoqda
Oq uy Milliy xavfsizlik kengashi matbuot kotibi Edriyenn Uotsonning aytishicha, «Rossiya va KXDR o‘rtasida qurol-yarog‘ yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar faol oldinga siljimoqda». «Biz Kim Chen In ushbu munozaralarni, jumladan, Rossiyada yetakchilar darajasida diplomatik hamkorlikni davom ettirishni intiqlik bilan kutayotgani haqida ma’lumotlarga egamiz», dedi u.
Mavzuga oid
16:48
Rossiyada yadroviy portlashdan himoyalovchi mobil boshpanalarni seriyali ishlab chiqarish boshlandi
13:31
O‘zbekiston va Rossiya qo‘shma korxonalarni ko‘paytirishni muhokama qilyapti
09:59
Ukraina xandaqlarida taqiqlangan CS gazi izlari topildi
00:36