«Men xafa böldim... lekin men u (Si Jinping) bilan uçraşmoqçiman», degan Bayden 3 sentabr kuni jurnalistlarga, ammo u buni aynan qaçonga rejalaştirganiga aniqlik kiritmagan. Si va Bayden oxirgi marta 2022 yil Indoneziyada bölib ötgan G20 sammitida uçraşgan edi.

4 centyabr kuni rasmiy Pekin şu hafta Dehlida bölib ötadigan sammitda Xitoy delegatsiyasiga XXR davlat kengaşi boş vaziri Li Siyang rahbarlik qilişini ma’lum qildi.

Baydenning bayonotini Oq uy eng rivojlangan iqtisodiyotlarni birlaştirgan G7 guruhi doirasidan taşqaridagi global hamkorlikka ham katta ahamiyat berayotgani dalili sifatida talqin qiliş mumkin.

Biroq, AQŞ-Xitoy aloqalarini komadan olib çiqişga uringan Vaşington diplomatlarining bu yilgi köplab taşriflariga qaramay, AQŞ va Xitoy örtasidagi munosabatlar keskinligiça qolmoqda.

Uşbu munosabatlarda savdo nizolari, Tayvan kelajagi va Xitoyning Janubiy Xitoy dengizidagi ekspansiyasi kabi juda köp muammolar bor.

Pekinga G20 nimaga kerak?

4 centyabr kuni bölib ötgan matbuot brifingida Xitoy Taşqi işlar vazirligi Si Jinpingning Dehli sammitida qatnaşişi haqidagi xabarlarni doimgidek na tasdiqladi, na inkor etdi.

«Li Siyang G20 sammitida iştirok etadigan Xitoy delegatsiyasiga boşçilik qiladi. Bu yirik va muhim global iqtisodiy forumdir. Xitoy doimo unga katta ahamiyat berib kelgan va tegişli tadbirlarda faol iştirok etgan», degan Xitoy TIV vakili.

Pekin, avvalroq, G20ning issiqxona gazlari emissiyasini qisqartiriş böyiça konsensusiga tösqinlik qilayotgani haqidagi xabarlarni «faktlarga mutlaqo zid» deya rad etgan edi.

«Xitoy xalqaro iqtisodiy hamkorlikning yetakçi forumi sifatida G20, global barqaror rivojlanişni rağbatlantiriş, iqtisodiy rivojlaniş va atrof-muhitni muhofaza qilişni muvofiqlaştiriş, iqlim özgarişi muammosini hal qiliş borasida jiddiy mas’uliyatni öz zimmasiga oladi, deb hisoblaydi», — deyiladi Xitoy TIV xabarida.

Li Siyang — Xitoyning ikkinçi darajali rahbari va Si Jinpingning öng qöli hisoblanadi. Biroq, Vaşingtonda joylaşgan Atlantic Council tahlil markazi xodimi Joş Lipskiyning fikriça, davlat rahbarining yöqligi «Katta yigirmatalikning uzoq muddatli barqaror hayotiyligi va muvaffaqiyati»ni şubha ostiga qöyadi. Uning sözlariga köra, Si Jinpingning yöqligi G20 kelajagiga ekzistensial tahdiddir.