O‘zbekiston va Isroil o‘zaro aviaqatnovlar bo‘yicha cheklovni bekor qilmoqda
Ikki tomonlama imzolangan hujjatda ikki davlat o‘rtasida havo qatnovini amalga oshirish uchun aviatashuvchilar soni va yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan cheklovlar olib tashlanishi nazarda tutilgan.
6 sentabr kuni Tel-Aviv shahrida O‘zbekiston va Isroil aviatsiya ma’muriyatlari tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Isroil davlati hukumati o‘rtasida tuzilgan havo transporti to‘g‘risida Bitim»ga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi bayonnoma imzolandi.
Isroil davlati transport va yo‘l harakati xavfsizligi vaziri Miri Regev va O‘zbekistonning Isroildagi favqulodda va muxtor elchisi Feruza Maxmudova tomonidan imzolangan hujjatda ikki davlat o‘rtasida havo qatnovini amalga oshirish uchun aviatashuvchilar soni va yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan cheklovlar olib tashlanishi nazarda tutilgan.
O‘zbekiston va Isroil aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari 1994 yilda o‘rnatilgan bo‘lib, 1995 yilda Toshkent – Tel-Aviv yo‘nalishida birinchi reys amalga oshirilgan edi. Bugungi kunda ikki poytaxt o‘rtasida haftasiga 4 ta muntazam reys amalga oshirilmoqda.
2023 yil 3 may kunidan boshlab, Qanot Sharq xususiy aviakompaniyasi Isroil poytaxtini Samarqand bilan bog‘lagan edi.
Mavzuga oid
19:01
Qatar Tashqi ishlar vazirligi HAMAS yetakchilari Dohada emasligini ma’lum qildi
21:10 / 17.11.2024
Turkiya Isroil prezidentining samolyotini o‘z havo hududiga kiritmadi - OAV
20:12 / 17.11.2024
Isroil zarbasi oqibatida «Hizbulloh» matbuot kotibi halok bo‘ldi
20:40 / 16.11.2024