Bu çora-tadbirlar prezidentning 2026 yil 8 iyuldagi «Söx tumanini 2026–2028 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, mavjud zaxira va imkoniyatlarni işga soliş orqali aholi bandligini ta’minlaş hamda tadbirkorlikni jadal rivojlantirişga qaratilgan çora-tadbirlar töğrisida»gi PQ–258-son qarorida belgilangan.
Qarorga muvofiq, Söx tumanida Cessna-208 Caravan va L-410 rusumli havo kemalari orqali muntazam aviaqatnovlar taşkil etiladi. Bu maqsadda uçiş-qöniş maydoni va yölagini kengaytiriş uçun qöşimça 13 gektar yer maydoni ajratiladi.
Loyiha doirasida aholi ehtiyoji yuqori bölgan yangi aviayönalişlarni yölga qöyiş ham rejalaştirilgan. Bu tuman aholisining mamlakatning boşqa hududlari bilan transport aloqasini yaxşilaşga xizmat qiladi.
Şu bilan birga, Söxdan boşqa şahar va tumanlarga muntazam jamoat transporti qatnovlari taşkil etiladi. Bu aholining harakatlaniş imkoniyatlarini kengaytiriş va transport xizmatlari sifatini oşirişga qaratilgan.
Qarorga muvofiq, çegara ötkaziş punktlarida röyxatga oliş darçalari soni ham ikki baravarga köpaytiriladi. Natijada fuqarolarning davlat çegarasidan ötiş jarayoni tezlaşib, ular uçun yanada qulay şart-şaroitlar yaratiladi.
Mazkur çora-tadbirlar Söx tumanining transport-logistika salohiyatini oşiriş, aholi mobilligini ta’minlaş va hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişini jadallaştirişga xizmat qilişi kutilmoqda.

















