Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston maxsus xizmatlari Afg‘onistondan kirib kelgan terrorchilar yo‘q qilinganini bildirdi
Jangarilar respublika hududida terakt uyushtirishni rejalashtirgandi, deya xabar berdi Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi.
Foto: khovar.tj
Tojikiston maxsus xizmatlari tojik-afg‘on chegarasini buzib, respublika hududiga kirib kelgan xalqaro terrorchilik tashkilotining uch nafar a’zosini yo‘q qildi. Bu haqda Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga tayanib, «Xovar» axborot agentligi xabar bermoqda.
Idora ma’lumotlariga ko‘ra, jangarilar davlat mustaqilligi kuni arafasida respublika hududida terakt uyushtirishni rejalashtirgan bo‘lgan.
Xabar qilinishicha, voqea 30 avgustga o‘tar kechasi Darvaz tumani hududida (Tojikistonning Tog‘li Badaxshon muxtor viloyati)da sodir bo‘lgan.
«5 sentabr kuni ertalab aksilterror xavfsizlik otryadi terrorchilar joylashgan hudud atrofida perimetr o‘rnatdi va terrorchilik guruhi a’zolaridan taslim bo‘lishni talab qildi. Terrorchilar xavfsizlik kuchlarining buyrug‘iga bo‘ysunmay, o‘t ochgan. Jangovar harakatlar natijasida qurolli terrorchi guruhning uch nafar a’zosi zararsizlantirildi», — deyiladi xabarda.
Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining ta’kidlashicha, terrorchilar o‘zida bo‘lgan qurol-yarog‘dan tashqari, qo‘shni davlatdan olib chiqib ketilgan katta partiyadagi qurol-yarog‘, harbiy o‘q-dorilar va portlovchi moddalar, pul va aloqa vositalarini yashirincha saqlagan.
Mavzuga oid
13:52 / 26.01.2026
2025 yilda O‘zbekistonga tijorat maqsadida eng ko‘p Afg‘oniston fuqarolari kelgan
18:30 / 25.01.2026
Afg‘onistondan keltirilgan oltinlar Surxondaryoda qayta ishlanmoqda
09:58 / 24.01.2026
Starmer: Trampning Afg‘onistondagi NATO missiyasi haqidagi so‘zlari haqoratli
14:42 / 23.01.2026