Jahon | 10:06 / 07.09.2023
3467
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniya Litvaga Bundesver brigadasi yuborilishini tasdiqladi

Germaniya hukumati to‘rt ming nemis askarini Litvaga o‘tkazish niyatidan qaytmayapti. Avvalroq, so‘rov Bundesverning faqat har beshinchi askari Litvaga o‘z ixtiyori bilan borishga tayyorligini ko‘rsatgan edi.

Foto: Carsten Hoffmann/dpa/picture alliance

Germaniya hukumati Litvada 4000 nafargacha askardan iborat Bundesver brigadasini joylashtirishga qaror qildi. «Niyatlar o‘zgarmadi», dedi Germaniya Mudofaa vazirligi vakili 6 sentabr, chorshanba kuni Berlinda. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2024 yilda nemis askarlarini ushbu Boltiqbo‘yi mamlakatiga imkon qadar tezroq o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va amalga oshirish uchun rejalashtirish yil oxirigacha yakunlanishi kerak.

Ko‘plab nemis askarlari Litvaga borishni xohlamayapti

Amaldor Der Spiegel o‘tkazgan so‘rov natijalariga shunday munosabat bildirgan, unga ko‘ra faqat har beshinchi nemis askari ixtiyoriy ravishda Litvaga borishga tayyor. «Bundesverda 180 mingga yaqin askar borligini hisobga olsak, bunday kvota arifmetik jihatdan muammo emas», dedi u va «Bundesverda ixtiyoriylik hukmron tashkiliy tamoyil emas»ligini qo‘shimcha qildi.

Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi fonida Germaniya Litvada to‘rt ming nemis harbiylarini joylashtirish niyatini e’lon qildi. Yevropa Ittifoqi va NATO a’zosi bo‘lgan bu Boltiqbo‘yi davlati Rossiya eksklavi - Kaliningrad viloyati hamda Rossiyaning eng yaqin ittifoqchisi - Belarus bilan chegaradosh. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid