Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev FAO bosh direktori bilan oziq-ovqat xavfsizligi masalasini muhokama qildi
Prezident BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori bilan uchrashdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 sentabr kuni Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun mamlakatimizda bo‘lib turgan BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Tsyuy Dun’yuyni qabul qildi.
Uchrashuvda oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid solayotgan bugungi xavf-xatarlarga qarshi, shu jumladan mintaqa darajasida kurashish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Agrar tarmoqni rivojlantirishdagi nomutanosibliklar, suv resurslarining tanqisligi, qo‘shimcha qiymat yaratishning uzun va samarasiz zanjirlari, logistikadagi uzilishlar va boshqalar barqaror rivojlanish uchun asosiy xatarlar sifatida qayd etildi.
O‘zbekiston va FAO o‘rtasida 2030 yilga qadar mo‘ljallangan yangi hamkorlik dasturiga qishloq xo‘jaligini ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar asosida modernizatsiya qilish, agrar sohani raqamlashtirish, moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning ta’sirchan vositalarini amalga oshirish va agrooziq-ovqat tizimini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shma tadbirlarni kiritishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
18:31 / 28.08.2025
Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi harbiy paradda ishtirok etadi
17:40 / 28.08.2025
«Mana shu 30 yillikda yopiq davlat sifatida turganmiz» – muftiy O‘zbekistonning xalqaro aloqalari kengayayotgani haqida
21:09 / 27.08.2025
Shavkat Mirziyoyev yangi barpo etilgan «Toshkent-Sharqiy» aeroportini borib ko‘rdi
20:34 / 27.08.2025