Latviyadagi rossiyaliklarga til imtihonidan o‘tish uchun 2 yil vaqt beriladi
Latviyada til bo‘yicha imtihondan o‘tmagan Rossiya Federatsiyasi fuqarolari 2 yil davomida yashash uchun ruxsatnoma olishi mumkin va bu muddat davomida A2 darajasida til bilishini tasdiqlashi lozim, bu - Seym tomonidan tasdiqlangan qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlarda nazarda tutilgan.

Foto: AFP / Gins Ivuskans
Latviya Seymi (bir palatali parlament) 7 sentabr, payshanba kuni birinchi o‘qishda immigratsiya qonunchiligiga latish tilidan imtihondan o‘ta olmagan Rossiya fuqarolariga ikki yil vaqt beradigan tuzatishlarni qabul qildi. Bunday shaxslar 2 yil davomida vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma olishi mumkin, bu vaqt davomida ular Latviya Respublikasining davlat tilini bilish bo‘yicha imtihon topshirishi va A2 darajasida bu boradagi bilimini tasdiqlashi kerak.
Ushbu 2 yil davomida Rossiya Federatsiyasining bunday fuqarolari ijtimoiy kafolatlar olish huquqini, shuningdek, doimiy yashash uchun ruxsatnomani saqlab qoladi. Yevropa Ittifoqining doimiy rezidenti maqomini olish uchun til imtihoni talab qilinadi.
Qonun loyihasining ikkinchi – yakuniy o‘qishi 14 sentabr kuni bo‘lib o‘tadi. Seym deputatlari qonun loyihasiga uning yakuniy tahririni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan yangi tuzatishlar kiritishi mumkin, deb yozadi Delfi onlayn nashri. Hujjat parlament tomonidan qabul qilinsa, qonun loyihasini mamlakat prezidenti Edgars Rinkevich tasdiqlashi kerak.
Rossiya fuqaroligini olgan Latviya aholisi yangi yashash uchun yangi ruxsatnoma olishi zarur
2022 yilning kuzida Latviya Fuqarolik va migratsiya masalalari boshqarmasi Rossiya fuqaroligini olgan mamlakat rezidentlarining doimiy yashash uchun ruxsatnomalari bekor qilinishini bildirdi. Latviyada doimiy rezident maqomida qolish uchun rossiyaliklar 1 sentabrgacha yangi doimiy yashash uchun ruxsatnoma - Yevropa Ittifoqining doimiy rezidenti maqomini olishi kerak edi.
Avgust oyi boshida Latviya Ichki ishlar vazirligi latish tili imtihoniga yozilmagan va doimiy yashash uchun ruxsatnomani uzaytirish uchun ariza bermagan 6000 ga yaqin kishiga mamlakatni tark etishni talab qiluvchi xatlar tayyorlanayotganini tasdiqladi. Tanqidlarga javoban, Latviya Ichki ishlar vazirligi rahbari Maris Kuchinskis immigratsiya qonunlarini yumshatuvchi yangiliklar ishlab chiqishni topshirdi.
Mavzuga oid

11:39 / 20.06.2025
Latviya Rossiya va Belarus fuqarolariga ko‘chmas mulk sotib olishni taqiqladi

11:47 / 23.05.2025
Latviya Rossiya harbiy kompleksiga aloqadorlikda gumon qilingan kompaniyani tekshirmoqda

11:42 / 07.05.2025
Serbiya OAV: Latviya va Litva Vuchichning samolyotini o‘tkazmaydi

10:50 / 02.05.2025