O‘zbekiston | 07:33 / 09.09.2023
8019
1 daqiqa o‘qiladi

Superkontraktlar uchun shartnoma berish boshlandi

Faqat tanlangan birinchi yo‘nalishga superkontrakt uchun ariza yuborish imkoniyati mavjud.

Foto: Kun.uz

Abituriyentlar kontrakt.edu.uz sayti orqali superkontraktda o‘qish hamda shartnoma olish uchun ariza berishi mumkin.

Amaldagi qonunchilik bo‘yicha, faqat o‘zi tanlagan birinchi yo‘nalishga superkontrakt uchun ariza yuborish imkoniyati mavjud.

Ikkinchi va undan keyingi yo‘nalishlari bazada ko‘rinmaydi.

Eslatma: Superkontraktlar uchun imtiyozli ta’lim krediti ajratilmaydi.

Tijorat banklari o‘z imkoniyatlariga ko‘ra tijoriy ta’lim kreditlari berishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid