O‘zbekiston va Xitoy 190 mln dollarlik 14 ta loyiha bo‘yicha kelishib oldi
Loyihalar qishloq va suv xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, ta’lim va institutsional rivojlanish kabi sohalarda amalga oshiriladi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida (ISSV) vazir o‘rinbosari Sarvar Hamidov va O‘zbekistonda bo‘lib turgan Xitoy Xalqaro taraqqiyot hamkorlik agentligi raisi o‘rinbosari Den Botsin o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
ISSV ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida Xitoy hukumatining grant mablag‘lari hisobidan loyihalarning amalga oshirilishi ko‘rib chiqilib, ikki tomonlama moliyaviy-texnik hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. Xitoy tomoni O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlarni yuqori baholadi va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni hayotga tatbiq etishda o‘zaro hamkorlikni yanada faollashtirishga tayyorligini bildirdi.
Yig‘ilish yakunida ustuvor yo‘nalishlarda grant loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha memorandumni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Hujjatda qishloq va suv xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, ta’lim va institutsional rivojlanish kabi sohalarda umumiy qiymati 190 million dollardan ortiq bo‘lgan 14 ta loyihani amalga oshirish nazarda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Boylar davrasi: dunyo milliarderlari Tramp inauguratsiyasida yig‘ildi
Jahon | 22:19 / 21.01.2025
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ilmiy asoslanganligi o‘rganiladi
O‘zbekiston | 18:39
-
Nukus, Buxoro, Farg‘ona va Namanganda texnika universiteti ochiladi
O‘zbekiston | 18:12
-
Qirg‘izistonda tirbandliklarga barham berish uchun poytaxtni ko‘chirish taklif qilindi
Jahon | 18:09
-
Tramp prezidentlikka kirishgan kuniyoq bir necha sudga berildi
Jahon | 18:05
Mavzuga oid
13:10
Janubiy Koreyada 9 yildan so‘ng birinchi marta tug‘ilish darajasi o‘sdi
11:15
Tramp Yevropa Ittifoqi va Xitoyga yangi bojlar bilan tahdid qilmoqda
20:24 / 21.01.2025
Xitoy moliya bozorlarida – navbatdagi inqiroz
17:37 / 21.01.2025