2016 yilga qadar ijodkorlar biror-bir huquqbuzarligi sababli emas, şunçaki faqat bir şaxsga yoqmay qolgani uçungina önlab yillar davomida taqiqda bölişi mumkin edi. Bu siyosat özbek san’atining yirik vakillari, xususan Şerali Jörayevni ham çetlab ötmagandi.
4 avgust kuni Özbekiston xalq xofizi, taniqli xonanda Şerali Jörayev 77 yoşida vafot etdi. Şerali Jörayevning özbek san’ati, milliy qöşiqçiligiga qöşgan hissasi nihoyatda katta. Har bir millatning, xalqning qöşiqlarda ifodalangan ruhiy dunyosi böladi. Özbek qöşiqçiligi orqali ifodalangan ruhiy dunyo – nihoyatda boy. Va mana şu ruhiy dunyoning boyişida Şerali Jörayevning qöşgan hissasi juda sermahsul.
Ayni paytda, Şerali Jörayev juda uzoq vaqt tölaqonli ijod qila olmadi, özining muxlislari bilan Özbekistonning katta sanat qasrlarida körişa olmadi. Sababi, u 90-yillarning boşidan to 2016 yilga qadar “zapret”da, ya’ni taqiq ostida böldi.
Öşa davrda, Şerali Jörayev “Xalqlar döstligi”, “Turkiston” yoki boşqa yirik san’at koşonalariga qöyilmadi. Ba’zi yillarda esa uni hatto töylarga çaqiriş ham davlat tomonidan salbiy qabul qilinar edi. Oddiy qilib aytganda, Şerali Jörayev özining eng sermahsul yillarini davlatning qora röyxatida, taqiq ostida ötkazişga majbur böldi.
Qolaversa, taqiqqa uçragan faqat u emasdi. Yulduz Usmonova ma’lum yillar Turkiyaga çiqib ketişga majbur böldi. Obid Asomov Rossiyada öz ijodini davom ettirdi. Özbekistonning içida qolganlar ham qattiq bosim, nazorat va çeklangan ijodiy faoliyat doirasida qolardi.
Buning sababi – Özbekistonda hukm surgan qattiq avtoritarizm edi. Yakka şaxs avtoritarizmi. Butun bir davlatçilik, davlat institutlari, davlatning içki va taşqi siyosati yakka bir şaxsning qaraşlari, kayfiyati, injiqliklariga töliq qaram bölib qolgan edi.
Dunyoda 200 dan ortiq davlat bor. Demokratik davlatlarda hokimiyat töliq xalqning xizmatkori hisoblanadi. Bunda xalq injiq, hokimiyat esa muttasil özgaruvçan hisoblanadi. Hatto, dunyoning köplab avtoritar davlatlarida ham, butun bir davlatçilik yakka şaxsning kayfiyat va injiqliklariga asir bölib qolmagan.
Özbekistondagi san’atkorlarga tuşgan taqiqlarning sababi mafkura yoki huquq emas. Özbekistondagi avtoritarizm – mafkuraviy avtoritarizm emasdi. Ya’ni ma’lum mafkuraviy qaraşlardan kelib çiqib, u yoki bu sanatkorni taqiq ostiga olmagandi. Qolaversa, san’atkorlar biron bir qonunni buzgani uçun ham taqiq ostiga olinmagandi. Çunki san’atkorlar, şoirlar yoki boşqa ijod ahli ham, biron bir qonunni buzmagandi. Asosiy sabab – oldingi davlat rahbarining şaxsiy qaraşlari, kayfiyati, talqinlari edi. Öşa şaxs yoqtirmadimi, asosli huquqiy sabab böladimi-yöqmi – farqi yöq, yoqtirilmagan şaxs qora röyxatga tuşardi.

















