Fuqarolik işlari böyiça Uçtepa tumanlararo sudida xonanda Botir Qodirovning otalikni belgilaş haqidagi da’vosi yuzasidan sud qarori öqildi. Sud Botir Qodirovni Şerali Jörayevning öğli deb topdi.

“Botir Qodirovning javobgarlar Jörayev Şoxjahon Şerali öğli va Jörayev Zohirşox Şerali öğliga nisbatan otalik faktini belgilaş haqidagi da’vo arizasi qanoatlantirilsin. Marhum, 2023 yil 4 fevralda vafot etgan Şerali Jörayev 1981 yil 5 mayda tuğilgan Qodirov Botir Şeraliyeviçga nisbatan otalik fakti belgilansin”, deya sud qarorini öqigan işni körgan sudya.

Şuningdek, qarorda Botir Qodirovning Andijon şahar FHDYo bölimida 1983 yil 11 mart 12-son bilan qayd etilgan tuğilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi ota ustuniga “Şerali Jörayev, 1945 yil tuğilgan, millati özbek” deb körsatiş ham belgilangan.

Sudning hal qiluv qarori 1 oydan söng kuçga kiradi. Qarordan norozi taraflar apellyatsiya şikoyati berişi mumkinligi aytilgan.

Kun.uz Şerali Jörayevning öğli Zohirşox Jörayev bilan boğlanib, sud qaroriga nisbatan munosabatini söradi. Xonanda hal qiluv qarori ğayriqonuniy ekanini, dalil va isbotlar yetarli bölmay turib, bunday qarorga kelinganini, şu bois uning ustidan apellyatsiya şikoyati kiritilişini ma’lum qildi.