Jörayevlar işi apellyatsiya sudida körib çiqildi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Toşkent şahar sudi matbuot kotibining tasdiqlaşiça, apellyatsiya sudi ajrimi bilan birinçi instansiya sudining hal qiluv qarori özgarişsiz, aka-uka Jörayevlarning şikoyati esa qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.

Botir Qodirovning otalikni belgilaş haqidagi da’vosi fuqarolik işlari böyiça Uçtepa tumanlararo sudida körib çiqilib, sentabr oyida hal qiluv qarori çiqarilgandi. Unga köra, sud Botir Qodirovni Şerali Jörayevning öğli deb topgandi.

“Botir Qodirovning javobgarlar Jörayev Şohjahon Şerali öğli va Jörayev Zohirşoh Şerali öğliga nisbatan otalik faktini belgilaş haqidagi da’vo arizasi qanoatlantirilsin. Marhum, 2023 yil 4 fevralda vafot etgan Şerali Jörayev 1981 yil 5 mayda tuğilgan Qodirov Botir Şeraliyeviçga nisbatan otalik fakti belgilansin”, deya sud qarorini öqigan edi öşanda işni körgan sudya.

Şuningdek, qarorda Botir Qodirovning Andijon şahar FHDYo bölimida 1983 yil 11 mart 12-son bilan qayd etilgan tuğilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi ota ustuniga “Şerali Jörayev, 1945 yil tuğilgan, millati özbek” deb körsatiş ham belgilangandi.

Sud qaroridan söng xonanda Botir Qodirov OAVga intervyu berib, “eng oğriqli nuqtasini bosişmagunça da’vo arizasi kiritiş niyati bölmaganini” aytib ötgan edi. “Boşqa çora qoldirişmadi, eng nozik nuqtamni bosişdi. Ularning qörqayotgan nuqtasi – meros. Menga meros kerak emas. Yomon gapirmoqçi emasman, ular baribir mening ukalarim”, degandi xonanda.

Xonanda Zohirşoh Jörayev esa Kun.uz’ga bergan intervyusida sudning hal qiluv qaroridan norozi ekanini bildirib, dalil va isbotlar yetarli bölmay turib xulosaga kelingani uçun sud qarori ustidan apellyatsiya şikoyati kiritilişini ma’lum qilgandi.