Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jismoniy va yuridik shaxslarga QQSni to‘liq qaytarib berish tizimi kengaytiriladi
2024 yil 1 yanvardan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘liq qaytarib berish tizimi kengayadi.
Prezident “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023 yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
2024 yil 1 yanvardan boshlab jismoniy va yuridik shaxslarga qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘liq qaytarib berish tizimi quyidagilar hisobidan kengaytiriladi.
xorijiy turistlarga – O‘zbekiston xalqaro aeroportlarida O‘zbekiston hududida sotib olingan va Tax free tizimi bo‘yicha rasmiylashtirilgan mahsulotlar uchun;
turoperatorlarga – xorijiy kontragentlar bilan shartnomalar doirasida ko‘rsatilgan eksport xizmatlari uchun.
Avvalroq prezident qarori bilan soliq organlarining kameral tekshiruvlar bo‘yicha vakolatlari qisqartirilgandi.
Soliqqa oid ishlar iqtisodiy sudlardan ma’muriy sudlarga o‘tkazilib, soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddati 5 yildan 3 yilga tushiriladi.
Mavzuga oid
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026