O‘zbekiston | 07:58 / 12.09.2023
2214
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiy viloyatida O‘zbekiston – Xitoy sanoat zonasi tashkil etiladi

Xitoylik investorlar Navoiy viloyatida O‘zbekiston – Xitoy sanoat zonasi va O‘zbekiston – Xitoy do‘stlik bog‘ini tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganmoqda.

Foto: Dunyo AA

Navoiy viloyati hokimligida bir guruh Xitoy ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, muloqot chog‘ida viloyat hududidagi infratuzilmaga ega bo‘lgan bo‘sh yer maydonlarida O‘zbekiston – Xitoy sanoat zonasini hamda «yashil» makon loyihasi doirasida O‘zbekiston – Xitoy do‘stlik bog‘ini tashkil etish uchun takliflar ilgari surildi. 

Bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunida taklif etilgan yer maydonlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi hamda loyihalarni amalga oshirishni boshlash bo‘yicha amaliy ishlarga kirishildi.  

Joriy yilning 8-11 avgust kunlari Navoiy viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiyaning Xitoyga tashrifi doirasida qiymati 523 million dollarlik 13 ta investitsiya dasturi bo‘yicha kelishuvlarga erishilgandi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid