Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Korxonalar faoliyatini cheklash yuzasidan qaror qabul qilish mezonlari qayta ko‘rib chiqilyapti
“Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi va “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunlarning ayrim normalariga o‘zgartishlar kiritilmoqda.
Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan korxonalar, tashkilotlar, inshootlar va boshqa obektlar faoliyatini cheklash, to‘xtatib turish yuzasidan qaror qabul qilish mezonlarini qayta ko‘rib chiqishga qaratilgan qonun loyihasini Qonunchilik palatasi kengashi a’zolari muhokama qilib, ko‘rib chiqish uchun qabul qildi.
Unga asosan, “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi va “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunlarning ayrim normalariga o‘zgartishlar kiritilmoqda.
Amaldagi normaga ko‘ra, korxonalar, tashkilotlar, inshootlar va boshqa obektlar faoliyatini fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga boshqa real tahdid yuzaga kelishining oldini olish munosabati bilan o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga cheklash, to‘xtatib turish mumkin edi. Bu yerda “boshqa real tahdidlar” har xil talqin qilinib, korrupsiyaviy holatlar yuzaga kelar edi.
Kiritilayotgan o‘zgartishlarga ko‘ra, “boshqa real tahdidlar” jumlasi “atrof tabiiy muhitning me’yoridan ortiqcha darajada ifloslanishi natijasida” so‘zi bilan almashtirilyapti.
Mavzuga oid
21:15 / 26.05.2026
Eronda internet qisman tiklandi
19:31 / 25.05.2026
AQSh mamlakat ichidagi chet elliklardan Green Card arizalari qabul qilishni cheklaydi
10:06 / 25.04.2026
Dunyo bo‘ylab maktablarda telefon cheklovlari keskin oshdi
08:44 / 11.04.2026